Salar
aeratsiya stansiyasi Toshkent shahrining 6 ta tumanidan oqib keluvchi oqava
suvlarni qattiq chiqindilardan tozalash, aeratsiya qilish (havo bilan
to'yintirish) va zararsizlantirish ishlarini o'tkazish uchun moslashtirilgan
inshootdan iborat bo'lib, 1 sutkada 750 000 kubometr oqava suvni tozalash
imkoniyatiga ega. Sergeli tumani Sa'diy ko'chasida joylashgan bu inshoot oqava
suvlarni 4 ta tozalash bosqichlaridan o'tkazib, dala, bog' va ekinlarni
sug'orish uchun to'yintirilgan va zararsizlantirilgan suvlarni etkazib beradi.
Sanepidqo‘mita
Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tuman bo'limi mutaxassislari tasdiqlangan
yillik reja asosida Salar oqava suvlar aeratsiya stansiyasining tozalash
bosqichlaridan sanitar kimyoviy va mikrobiologik ko'rsatkichlar uchun suv
namunalarini olib, laborator tahlillardan o'tkazdi.
Oqava
suvlarni tozalash, to'yintirish, zararsizlantirish ishlarini samarasini
aniqlash maqsadida o'tkazilgan laborator tahlillar natijalariga ko'ra suvning
mikrobiologik ko'rsatkichlari ruxsat etilgan me'yorlar darajasida ekanligi
aniqlandi. Sanitar kimyoviy tahlil natijalariga ko'ra tozalangan
suvning kislorodga bo'lgan biologik ehtiyoji me'yordan yuqoriligi aniqlandi.
Laborator
tahlillar natijalari asosida Salar aeratsiya stansiyasi mutasaddilariga
ko'rsatma va tavsiyalar berildi.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee