Yangiliklar

2024-08-13

O‘QUVCHILARNING YOSHIGA QARAB SUMKA TANLASHDA OTA-ONALAR NIMALARGA E’TIBOR BERISHLARI KERAK

topics-img

O‘quv yili boshlanishiga ham oz fursat qoldi. Shu munosabat bilan maktab bozorlari  ham boshlandi. Xo‘sh o‘quvchilarning yoshiga qarab sumka tanlashda ota-onalar nimalarga e’tibor berishlari kerak? Darsliklar borasida qanday me’yorlar qabul qilingan?

– O‘qituvchi bolaga ta’lim berish jarayonida har bir fan oddiylikdan murakkablik sari izchil davom etgan asoslarga tayanadi. Bu asoslar esa o‘quv adabiyotlari – darsliklarda aks ettiriladi.

Umumta’lim maktablarining o‘quvchilari foydalanadigan o‘quv darsliklari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim muassasalari uchun matbaa mahsulotlari xavfsizligi talablarini belgilashning umumiy texnik reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” 2022 yil 28 dekabrdagi 726-sonli qarori bilan tasdiqlangan umumiy texnik reglamentga hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yilda tasdiqlangan “Gigiyenicheskiye trebovaniya k izdaniyam uchebnim dlya obshyego srednego i srednego spesialnogo, professionalnogo obrazovaniya” 0359-18-sonli sanitariya qoida va me’yorlari talablari asosida tayyorlanadi.

учебным для общего среднего и среднего специального, профессионального образования”

Yuqoridagi hujjatlarga muvofiq o‘quv darsliklarining og‘irligi quyidagicha belgilangan:

️– 1-4 sinflar uchun bitta nashrning og‘irligi 300 gramm;

️– 5-6 sinflar uchun bitta nashrning og‘irligi 400 gramm;

️– 7-9 sinflar uchun bitta nashrning og‘irligi 500 gramm;

️– 10-11 sinflar uchun bitta nashrning og‘irligi 600 gramm.

Agar bir kunda o‘quvchilarning darsi 4-5 soatni tashkil etadigan bo‘lsa faqat nashrning vazni 1,5-2,5-3 va undan ko‘proq kilogrammga aylanadi. Bundan tashqari, sumkaga daftar, kundalik, qalam, ruchka va kerakli o‘quv qurollarining solinishi sumka og‘irligini yanada oshishiga olib ketadi.

Shuningdek, bir o‘quv kuni uchun mo‘ljallangan darsliklarning yozuv anjomlari bilan birgalikda jami og‘irligi o‘quvchi sumkasi yoki ryukzagini hisobga olmaganda 1-2 kilometr masofagacha quyidagi o‘rnatilgan me’yorlardan ortiq bo‘lishi kerak emas. Agar bola sog‘lom rivojlanayotgan bo‘lsa, belgilangan me’yordagidan birmuncha ortiq yuk ko‘tarsa ham uning salomatligiga ziyon yetmaydi. Ammo, ortiqcha yuk ko‘tarib yurish doimiy bo‘lmasligi shart. Doimiy tarzda og‘ir o‘quv sumkasini ko‘tarib yurish holsizlanish, charchoq hamda o‘quvchida yurakning normal ishlashiga ham ta’sir ko‘rsatib ortiqcha bosimni paydo qiladi.

Og‘ir maktab sumkasi bolaning tana shakliga salbiy ta’sir qiladi. Bola og‘ir sumka ko‘targanligi sababli, bosh, bo‘yin va yelka qismini oldinga egib oladi. Bunday davomli holat umrtqa pog‘onasining qiyshayishiga (skolioz), hatto bukrilikka ham olib kelishi mumkin. Farzandingizga maktab sumkasi sotib olayotganda og‘irligi 700 grammdan 1200 grammgacha bo‘lgan, o‘zidan yoqimsiz hid taratadigan sintetik material bilan ishlanmagan sumkalarni tanlashga e’tibor qaratish lozim. Ichiga o‘quv qurollari solingan maktab sumkasi o‘quvchi vaznining 10-15% dan oshmasligi tavsiya etiladi. Misol uchun agar o‘quvchining vazni 40 kg bo‘lsa, uning maktab sumkasi 4-6 kg dan oshmasligi kerak.

Sinflar misolida oladigan bo‘lsak:

                                       1-2 sinf 3kg dan og‘ir bo‘lmasligi

                                       3-4 sinf 3.5 kg dan og‘ir bo‘lmasligi

                                       5-6 sinf 5 kg dan og‘ir bo‘lmasligi

                                       7-8 sinf 6,5 kg dan og‘ir bo‘lmasligi

                                        9-11 sinf 8 kg dan og‘ir bo‘lmasligi kerak.

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee