Ushbu
kasallik toʻgʻrisida Sanepidqoʻmita Andijon viloyati boshqarmasi sanitarya
vrachi Aʼzamjon Sodiqov bilan
boʻlgan suhbatda batafsil maʼlumot berildi.
Yod
mikroelementiga boʻlgan kunlik ehtiyoj oʻsmirlar va kattalarda kuniga 150
mikrogrammni tashkil qiladi.
Jahon
sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda 665 million nafardan
ortiq odam endemik buqoq va qalqonsimon bezning boshqa kasalliklaridan aziyat
chekmoqda. Qariyb 1,5 milliard kishida esa yod tanqisligi rivojlanishi xavfi
mavjud.
Yod mikroelementini inson organizmi ishlab
chiqara olmaydi. Shu sababli uni faqat tashqi muhit orqali qabul qilishi mumkin
— Bu modda organizmda qalqonsimon bez gormonlarining normal sintezlanishi uchun
kerak. Agar yetarli darajada yod isteʼmol qilinmasa, qalqonsimon bez funksiyasi
buzilishi kuzatiladi.
Qayd
qilinishicha, yod mikroelementiga boʻlgan kunlik ehtiyoj chaqaloqlarda 50
mikrogramm, 1-6 yoshli bolalarda 90 mikrogramm, 7-10 yoshli oʻgʻil-qizlarda 120
mikrogramm, oʻsmirlar va kattalarda 150 mikrogrammni tashkil qiladi.
Homiladorlik va emiziklilik davrida esa ayollarning yodga boʻlgan kunlik talabi
200-300 mikrogrammgacha ortib ketadi.
«Biroq, hozir
yurtimizda deyarli barcha aholi vakillari ratsionida mazkur mikroelement
tanqisligi kuzatiladi. Vaholanki, buning asoratlari yomon» yod tanqisligi aqliy
zaiflikning asosiy omili. Bu modda yetishmasligi qalqonsimon bez va ovqat hazm
qilish organlari faoliyati bilan bogʻliq turli jiddiy kasalliklarni keltirib
chiqaradi. Shuningdek, tirnoqlarning tabaqalanishi, soch toʻkilishi, teri
quruqlashuvi, uyquchanlik, charchoq ham organizmda yod taqchilligi
alomatlaridan.
«Bu muammo
bolalarda endemik buqoq, jismoniy va ruhiy jihatdan rivojlanishdan orqada
qolishga sabab boʻladi»
Uning
taʼkidlashicha, prezident qarori asosida Oʻzbekistonda aholining kasallikka
chalinish xavfi yuqori boʻlgan guruhlari, jumladan, bolalar, oʻsmirlar,
homilador va emizikli ayollarni yod preparatlari bilan bepul taʼminlash
amaliyoti yoʻlga qoʻyilgan. Shuningdek, respublikada ishlab chiqarilayotgan va
sotilayotgan osh tuzini istisnosiz 100 foiz yodlattirishni taʼminlash qatʼiy
nazorat qilib borilyapti.
2007 yilda
«Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi toʻgʻrisida»gi qonun qabul
qilinib, unda bozorni yodlangan tuz va oziq-ovqatlar bilan toʻldirishga
qaratilgan iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy choralarni amalga oshirish,
yodlangan tuz va oziq-ovqatlarning sifati hamda xavfsizligi, ularni saqlash
sharoitini nazorat qilish, bunday mahsulotlar ishlab chiqarishni davlat
tomonidan qoʻllab-quvvatlash, davlat standartlarini tasdiqlash kabi vazifalar
belgilangan edi. 2015 yilda qonunga kiritilgan qoʻshimchalar bilan yodlanmagan
tuzni ishlab chiqarish va sotish taqiqlandi. Ushbu qonun qabul qilinayotgan
vaqtda ham mamlakatda aholining 40 foizi yod tanqisligidan aziyat chekayotgan
edi. Yodlangan tuz «Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi
toʻgʻrisida»gi qonun asosida ishlab chiqariladi. Davlat standartida osh tuzi
tarkibida yod miqdori tonnasiga 40 gramm boʻlishi belgilab qoʻyilgan.
Yana savol tugʻiladi: yodlangan tuz va oziq-ovqatlar
oʻzi nima uchun kerak? Umuman, tuz nega yodlanadi?
Yod
– inson organizmining meʼyoriy faoliyati uchun lozim boʻlgan element. U tabiiy
ravishda faqat maʼlum iqlimda, koʻpincha dengizga yaqin mintaqalarda hosil
boʻladi. Yod kam miqdorda uchraydigan hududlarda odamlarning bu moddaga
ehtiyojini yetarli darajada qoplash uchun qoʻshimcha choralar koʻrish talab
etiladi.
Yod
tanqisligi aqliy zaiflikning asosiy omilidir. Maʼlumotlarga koʻra har yili
dunyoda 38 millionga yaqin bola yod tanqisligi xavfi bilan tugʻiladi. Qolaversa,
bu modda yetishmasligi qalqonsimon bez va ovqat hazm qilish organlari bilan
bogʻliq turli kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee