Jahon
sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, dunyoning qator
mamlakatlarida o‘ta xavfli va boshqa yuqumli kasalliklar bo‘yicha murakkab
epidemik vaziyat vujudga kelgan.
Xabaringiz
bor, o‘tgan yil davomida respublikamizga chegaradosh davlatlarda ham vaziyat
bir muncha murakkablashdi. Shu munosabat bilan shuningdek, Sog‘liqni
saqlash vazirligining 2012-yil
29-oktyabrdagi “Tibbiyot xodimlarini o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar
profilaktikasi bo‘yicha o‘qitish to‘g‘risida” gi buyrug‘ining ijrosini ta’minlash, shuningdek tibbiyot
xodimlarini karantin va o‘ta xavfli
yuqumli kasalliklar bo‘yicha bilim
saviyasi, hushyorliklari hamda amaliy ko‘nikmalarini oshirish maqsadida bugun
7-sonli shahar klinik shifoxonasida “Vabo, o‘lat, Qrim-Kongo gemoragik isitma
kasalliklari” bo‘yicha shahar seminari o‘tkazildi.
Ushbu seminar
Toshkent shahar Sog'liqni saqlash bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda
o‘tkazildi. Seminarda Sog'liqni saqlash bosh boshqarmasining bosh
ginekologi, bosh infeksionisti, barcha yuqumli, somatik va klinik shifoxonalarining hamda tug‘ruq
komplekslarining bosh shifokor muovinlari, oilaviy poliklinika
infeksionistlari, “Tez tibbiy yordam” shoxobchalarining katta shifokorlari va
boshqarmaning dezinfeksiya bo‘limi epidemiologlari, barcha Sanepidqo‘mita
Toshkent shahar boshqarmasi va tuman bo‘limlarining epidemiologiya bo‘limi
mudirlari, o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar bilan shug‘ullanuvchi vrach
epidemiologlari va dezinfeksiya bo‘limlarining vrach dezinfektorlari ishtirok
etishdi.
Seminarda
tibbiyot xodimlariga karantin va o‘ta
xavfli yuqumli kasalliklari bo‘yicha
hushyorlikni, ehtiyotkorlikni
oshirish hamda o‘ta xavfli yuqumli
kasalliklar aniqlangada kasallik o‘chog‘ida epidemiyaga qarshi kurash
chora-tadbirlarini tashkillashtirish tadbirlari haqida tushunchalar berildi.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee