O’ta xavfli yuqumli kasalliklar (O’XYK), o’ta xavfli infektsiyalar (O’XI) — alohida epidemik tahdid uyg’otadigan infektsion kasalliklarning shartli guruhi hisoblanadi. O’XYKni oldini olish choralari va tartibi 1969-yil 26-iyul kuni JSSTning Jahon sog’liqni saqlash assembleyasining 22-sessiyasida qabul qilingan Xalqaro mediko-santiar qoidalarda (XMSQ) tasdiqlangan.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, shuningdek, Qoraqalpog’iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish markazi hamkorligida “O’ta xavfli yuqumli kasalliklar (quturish, Qrim-Kongo gemmorаgik isitma kasalligi, vabo va brutsellyoz kasalliklari) profilaktikasini ta’minlash bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi miqyosida amalga oshirilib kelinayotgan chora-tadbirlar” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.
Unda dastlab ma’sul mutaxassislar kasallik va uning oldini olish va bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berib o’tdi.
Tadbir so`ngida jurnalist va blogerlar tomonidan berilgan savollarga javoblar qaytarildi.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee