Yangiliklar

2025-01-17

OVQATLANISH RAТSIONIGA BALIQNI KIRITING

topics-img

  Odam organizmiga shifobaxsh ta’sir etuvchi minglab omillar ichida ovqatlanish ayniqsa, o‘z vaqtida va me’yorida, zarur bo‘lganda esa parhezbop   taomlar iste’mol qilish muhimdir.

      Baliq inson organizmini tozalovchi, suyak va tishlarni mustahkamlovchi shifobaxsh taom sifatida qadimdan sevib iste’mol qilinadi. Ayniqsa, tez hazm bo‘lishi va parhezbopligi baliqning qiymatini yanada oshiradi. Baliq go‘shti tarkibida juda ko‘p vitamin va mikroelementlar saqlanishi tufayli biologik qiymati ham mol va qo‘y go‘shtidan yuqori turadi. Baliq go‘shtining 100 grammida inson salomatligi uchun kerak bo‘ladigan bir kunlik — 0,2 milligramm yod saqlanadi.                                                                                            

    O‘zida oqsil, vitamin, minerallar, ayniqsa, temir, yod, magniy, fosfor, ruhni saqlagan bu jonzot go‘shtini ko‘p yeng, sababi baliq odamni semirtirmay, organizmga kerakli quvvatni bera oladi. Baliqdan ko‘plab foydali moddalar, shuningdek organizm uchun zarur bo‘lgan Omega - 3 yog‘ kislotalari mavjud. Ular quyidagi foydali xususiyatlarga ega.

      Shuningdek baliqni istemol qilish bir qancha kasalliklarga koni foyda xisoblanadi: yurak kasalliklari havfini kamaytiradi, ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi, uyquni yaxshilaydi, revmotoid artiritni yengillashtiradi, xolesterin darajasini kamaytiradi, modda almashinuvini tezlashtiradi, qon bosimini pasaytiradi, nevrologik kasalliklarda foydasi bor, erkaklarda jinsiy quvvatni oshiradi,  jigar uchun foydali xisoblanadi.

BALIQ GO‘SHTI KIMLARGA TAVSIYA ETILMAYDI?

Allergik xastaliklar, qonda kalsiy darajasi yuqori bo‘lgan odamlarga, buyragi tez-tez og‘riydigan bemorlarga, o‘pka silida baliq unchalik tavsiya etilmaydi.

Sanepidqo‘mita

Axborot xizmati

@sanepidcommittee