JAHON SAVDO TASHKILOTI (JST) — jahon mamlakatlarining o‘zaro savdo hamda savdo siyosati rejimini boshqaruvchi xalqaro tashkilot. Xalqaro savdoda tashkilotga a’zo va ishtirokchi mamlakatlar uchun majburiy bo‘lgan tamoyillar va qoidalar belgilangan hukumatlararo ko‘p tomonlama shartnomalar asosida faoliyat olib boradi.
Jahon savdo tashkiloti davlatlararo ko‘p tomonlama savdo tizimini muvofiqlashtirib turuvchi nufuzli xalqaro tuzilmadir. Dunyo savdosining 95 foizi unga a’zo 164 ta mamlakat hissasiga to‘g‘ri keladi.
Tashkilotning asosiy vazifasi – erkin va shaffof savdo munosabatlarini tartibga solish va uni kengaytirish orqali a’zo mamlakatlar barqaror taraqqiyotini ta’minlash va insonlar turmushini yaxshilash hisoblanadi. Bu O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar maqsadiga to‘liq mos keladi.
Tashqi savdoda tayyor mahsulot eksportini ko‘paytirishda Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish yanada keng imkoniyatlar ochadi.
O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonini tezlashtirish va sifatli amalga oshirishni ta’minlash maqsadida Prezidentning 2023 yil 2 iyundagi PQ-181-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonini jadallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori qabul qilindi.
Ushbu qaror bilan:
• JSTga a’zo mamlakatlar bilan bozorga kirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining pozitsiyasini aniq belgilab berish hamda ikki va ko‘p tomonlama muzokaralar jarayonida tashqi savdo rejimini tarif va notarif choralar orqali o‘zgartirish bo‘yicha qarorlar qabul qilish;
• milliy qonunchilikni JST bitim, qoida va me’yorlariga muvofiqlashtirish bo‘yicha Adliya vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar tomonidan tayyorlangan takliflarni ko‘rib chiqish va milliy qonunchilikka implementatsiya qilish yuzasidan qarorlar qabul qilish belgilandi.
2023 yil 1 iyuldan boshlab JST qoida va me’yorlariga muvofiq bo‘lmagan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish taqiqlanadi.
JST faoliyati a’zo mamlakatlarning o‘zaro manfaatlarini turli tadbirlar (asosan boj imtiyozlari, to‘siqlari va b.)ni qo‘llash bilan himoya qilishga qaratilgan. A’zo mamlakatlar JST talablarini bajarish bilan birga tashkilotning boshqa a’zolariga savdoda mumkin qadar qulaylik berish rejimini (birinchi navbatda boj tariflarini pasaytirish) qo‘llaydi, o‘z ichki bozorini chet el korporatsiyalari uchun ochiq qilish majburiyatini oladi.
Tashqi savdoda tayyor mahsulot eksportini ko‘paytirishda Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish yanada keng imkoniyatlar ochadi.
Bu yo‘nalishdagi keyingi ishlar bir tomondan, import qiluvchi mamlakatlarda O‘zbekiston mahsulotlariga bo‘lgan ishonchni kuchaytirib, milliy tovarlar eksportining o‘sishiga ta’sir qilsa, ikkinchi tomondan respublikamizga faqat yuqori sifatli va xavfsiz import qilingan mahsulotlar kirib kelishi ta’minlanadi.
Sanepidqo‘mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee