“Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston
Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
kiritish to‘g‘risida”gi (19.02.2024-y.,
O‘RQ–909-son) Qonun mazmun-mohiyatini yoritishga qaratilgan
ANNOTATSIYA
Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish
va qo‘shimchalar kiritildi.
1. “O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, Vakil O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq qonunchilik
takliflarini qonunchilik tashabbusi tartibida O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritishga
haqli ekanligi belgilandi.
2. “Referendum yakunlari
hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to'g'risida”gi Konstitutsiyaviy Qonuniga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra,
Qonunchilik palatasining deputati bir vaqtning o‘zida Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat
hokimiyati vakillik organlarining deputati
bo‘lishi mumkin emasligi belgilandi.
3. “O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunga kiritilgan o‘zgartirishga
ko‘ra:
– Senat a’zolari (senatorlar) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i
Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari
deputatlarining tegishli qo‘shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan
yashirin ovoz berish yo‘li bilan Qoraqalpog'iston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda — to‘rt kishidan saylanadi.
– Senatning to‘qqiz
nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat
va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo'lgan
hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan Prezident tomonidan tayinlanadi.
Shuningdek, Senat va uning
organlari majlislarida Markaziy bank boshqaruvi raisi ishtirok etishi mumkin.
Bundan tashqari, ayni bir
shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Senat Raisi bo‘lishi mumkin emasligi
belgilandi.
Senat Konstitutsiyaga muvofiq qonunchilik takliflarini qonunchilik
tashabbusi tartibida Qonunchilik
palatasiga kiritishga haqli.
Qonunchilik takliflarini tayyorlash, ko‘rib chiqish va ularni
Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi Senatining Reglamentida belgilanadi.
4. Qonun bilan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonuniga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra:
– Qonunchilik palatasining deputati bir vaqtning o‘zida
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, viloyatlar, tumanlar,
shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati bo‘lishi mumkin
emasligi belgilandi.
Shuningdek, ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Qonunchilik
palatasining Spikeri bo'lishi mumkin emasligi belgilandi.
5. “O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati
a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, Deputatga va senatorga 36 ish kunidan iborat haq to‘lanadigan har
yilgi mehnat ta’tili beriladi (
bundan qonunchilikda ko'proq muddatli ta'til nazarda tutilgan hollar mustasno).
6. “Normativ-huquqiy
hujjatlar to‘g‘risida”gi
Qonunga kiritilgan qo'shimchaga ko'ra, inson bilan davlat organlarining o‘zaro
munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va
noaniqliklar inson foydasiga talqin etiladi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasining
O‘RQ–909-son
Qonuni, 19.02.2024-y.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee