Rahbariyat

2023-10-13

O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo'mitasi raisi, O`zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi

topics-img

Tibbiyot fanlari doktori, professor. Yusupaliyev Bahodir Qahramanovich 1972-yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. 1995-yilda Toshkent pediatriya tibbiyot institutini tamomlagan. 1995-1996 yy. — Toshkent pediatriya tibbiyot instituti bolalar xirurgiyasi kafedrasi shifokor-interni. 1996-1997 yy. — Guliston shahar markaziy poliklinikasi xirurgi, travmatolog-ortopedi, tez tibbiy yordam shifokori. 1997-2002 yy. — Tibbiyot sanitariya birlashmasi markaziy poliklinikasi xirurgi. 2002-2005 yy. — Tibbiyot sanitariya birlashmasi qoshidagi «O‘zbekiston» ochiq aksiyadorlik jamiyati bosh direktori o‘rinbosari. 2005-2009 yy. — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Davolash-profilaktika yordamini tashkillashtirish bosh boshqarmasi mutaxassisi, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari. 2009-2012 yy. — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ta'lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamentining sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi. 2012-2015 yy. — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Madaniyat, ta'lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamentining sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofazani rivojlantirish sho'basi mudiri. 2015-2017 yy. — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Sog‘liqni saqlash, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri. 2017-2020 yy. — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari. 2020-yilning aprelidan buyon — O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i.