Atabekov Nurmat Satiniyazovich 1957-yil 17-iyunda Qozogʻiston Respublikasi Chimkent viloyatida tugʻilgan. 1981-yilda Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan. “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan. 1975-1981 yy. - Toshkent davlat tibbiyot instituti talabasi 1981-1984 yy. - Sirdaryo viloyati, Yangiyer shahri sanitariya-epidemiologiya stansiyasi vrach-epidemiolog, epidemiologiya bo`limi mudiri 1984-1985 yy. - Toshkent davlat tibbiyot instituti epidemiologiya kafedrasi katta laboranti 1985-1991 yy. - Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti kichik ilmiy xodimi 1991-1993 yy. - Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti katta ilmiy xodimi 1993-1995 yy. - Sogʻliqni saqlash vazirligi sanitariya-epidemiologiya bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari 1995-1999 yy. - Sogʻliqni saqlash vazirligi sanitariya-epidemiologiya bosh boshqarmasi boshligʻi 1999-2004 yy. - Sogʻliqni saqlash vazirligi sanitariya-epidemiologiya nazorati departamenti boshligʻi 2004-2008 yy. - Toshkent viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi 2008-2009 yy. - Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari 2009-2018 yy. - Respublika OITSga qarshi kurashish markazi direktori 2018-2019 yy. - Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti direktori 2019-2020 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi 2020-y. - h.v. - Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi oʻrinbosari