“O‘zbekiston
Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston
Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va
qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonunning mazmun-mohiyatini
tushuntirishga qaratilgan
ANNOTATSIYA
Prezident
tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ–899-son,
19.01.2024-y.) bilan bir qator kodekslarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar
kiritildi.
Jumladan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga
kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, quyidagilarga nisbatan javobgarlik belgilandi:
– Mobil
qurilmaning xalqaro o‘ziga xos identifikatsiya kodini qonuniy ishlab
chiqaruvchining ruxsatisiz o‘zgartirish, xuddi shuningdek ushbu maqsadda maxsus
dasturlarni ishlab chiqish, tarqatish yoki ulardan foydalanish BHMning
15 baravaridan 20 baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bunda
huquqbuzarlik sodir etish quroli musodara
qilinadi.
– Abonent
qurilmasining identifikatsiyalash modulini qonuniy ishlab chiqaruvchining yoki
uning qonuniy egasining ruxsatisiz o‘zgartirish yoki uning nusxasini yaratish
huquqbuzarlik sodir etish qurolini musodara qilib, BHMning 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
– Kripto-aktivlarni
qonunga xilof ravishda olish, o‘tkazish yoki ayirboshlash, litsenziya olmasdan
kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga
oshirish 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa
olishga yoki ma’muriy qamoq qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan shaxslarga BHMning 20 baravaridan 30 baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bunda
kripto-aktivlarni hamda mazkur huquqbuzarliklarni
sodir etish qurollari musodara qilinadi.
– Kripto-aktivlar
aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari tomonidan anonim kripto-aktivlar
bilan operatsiyalarni amalga oshirish mansabdor shaxslarga BHMning 30 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda jarima solishga
sabab bo‘ladi.
– Mayning
faoliyatini belgilangan tartibni buzgan holda amalga oshirish, mazkur
huquqbuzarlikni sodir etish qurollarini musodara qilib, 5 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga yoki ma'muriy qamoq
qo'llanilishi mumkin bo'lmagan shaxslarga BHMning
20 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
– Anonim kripto-aktivlar
mayningi bilan shug‘ullanish, kripto-aktivlarni hamda huquqbuzarlik sodir etish
qurollarini musodara qilib, mansabdor shaxslarga BHMning 30 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda jarima solishga
sabab bo‘ladi.
Shuningdek, Jinoyat kodeksga kiritilgan qo‘shimchaga
ko‘ra, quyidagilarga nisbatan javobgarlik
kuchaytirildi:
“Tovlamachilik,
ya’ni jabrlanuvchiga yoki uning yaqin kishilariga zo‘rlik ishlatish, mulkiga
shikast yetkazish yoki uni nobud qilish yoxud
jabrlanuvchining axborot resursini yo‘q qilish, o‘zgartirish, egallab olish
yoki to‘sib qo‘yish yoki jabrlanuvchi uchun sir saqlanishi lozim bo‘lgan
ma’lumotlarni oshkor qilish, uni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish bilan
qo‘rqitib o‘zgadan mulkni yoki mulkiy huquqni topshirishni, mulkiy manfaatlar
berishni yoxud mulkiy yo‘sindagi harakatlar sodir etishni talab qilish yoxud
jabrlanuvchini o‘zining mulkini yoki mulkka bo‘lgan huquqini berishga majbur
qiladigan sharoitga solib qo‘yish uchun jinoiy javobgarlik belgilandi.
Yangi qo‘shimcha kiritildi:
Kripto-aktivlarni
qonunga xilof ravishda olish, o‘tkazish yoki ayirboshlash, belgilangan tartibda
litsenziya olmasdan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar
provayderlari faoliyatini amalga oshirish yoxud kripto-aktivlar aylanmasi
sohasidagi xizmatlar provayderlari tomonidan anonim kripto-aktivlar bilan
operatsiyalarni amalga oshirish shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo
qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash
miqdorining 100 baravarigacha miqdorda
jarima yoki
2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish
ishlari yoxud 1 yilgacha ozodlikni
cheklash yoki 1 yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
Asos:
O‘zbekiston Respublikasining
O‘RQ–899-son
Qonuni, 19.01.2024-y.
Sanepidqo`mita
Axborot
xizmati
@sanepidcommittee