Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi hamda KOICA tashkiloti bilan hamkorlikda"O‘zbekistonda kasallik yukini kamaytirish bo‘yicha yuqumli kasalliklarga qarshi kurash tizimini takomillashtirish loyihasi" doirasida seminar-trening o‘tkazilmoqda.
Unda Sanepidqo‘mita va Qo‘mitaning hududiy boshqarma va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi xodimlari ishtirok etmoqda.
Seminarni Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi direktori Begzod Ubaydullayev ochib berib, KOICA tashkiloti bilan hamkorlikda boshlangan tadbir o‘zaro tajriba almashish imkonini berishini ta’kidlab o‘tdi.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee