Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi hamda "O'zbekiston 24" telekanali hamkorligida poytaxtimizda o'z mahsulotini ishlab chiqarib, uni xorijga eksport qilayotgan korxonalar faoliyati yaqindan o'rganildi.
Yevropa davlatlari tomonidan eksport mahsulotlarining xavfsizlik ko‘rsatkichlariga qo‘yiladigan talablar, ya’ni ular tomonidan qo‘yiladigan ko‘rsatkichlar ortib bormoqda. Bu borada Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan mahsulotlarni xavfsizlik darajasini aniqlashda xalqaro akkredetatsiyadan o‘tish, kadrlarni qayta tayyorlash va yuqori sezuvchan laboratoriya jihozlarini xarid qilish borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Hozirgi kunda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasining laboratoriyalar majmuasi ham Turk Akkreditatsiya tashkiloti TURKAK tomonidan xalqaro akkrditatsiyadan o‘tdi va buning natijasida mahsulotlarni dunyoning 160 dan ortiq mamlakatiga eksport qilish imkoniyatiga ega bo‘ldik.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee