Yangiliklar

2023-11-09

OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARIGA QAY TARTIBDA SERTIFIKAT BERILADI?

topics-img

 Respublikamizda oziq-ovqat mahsulotlariga qay tartibda sertifikat berilishi, oziq-ovqat mahsulotlari Sanepidqo‘mitaning qaysi laboratoriyalarida tekshiruvdan o‘tkazilishi va boshqa shu kabi savollarga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Sanitariya-epidemiologik xulosa berishni muvofiqlashtirish va pullik xizmatni rivojlantirish hamda gigiyenik o‘qitishni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Ulug‘bek Ismailov batafsil ma’lumot berib o‘tdi.

 

Respublikamizda oziq-ovqat mahsulotlariga qay tartibda sertifikat beriladi?

 

Respublikamizda oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga sanitariya-epidemiologik xulosa bir qanday huquqiy hujjatlar asosida rasmiylashtirib beriladi. 

 

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 6 iyuldagi “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 318-son, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida muvofiqligi tasdiqlanishi lozim bo‘lgan muvofiqlikni baholash ob’ektlari ro‘yxatlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 43-son qarorlari, yo‘riqnoma va sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga asosan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga sanitariya-epidemiologik xulosa rasmiylashtirib beriladi. 

 

Mahsulotlarning turiga qarab va qay tartibdi sertifikat olish mumkin?

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida muvofiqligi tasdiqlanishi lozim bo‘lgan muvofiqlikni baholash ob’ektlari ro‘yxatlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 43-sonli qarorining 3-ilovasida sanitariya-epidemiologik xulosa rasmiylashtirib beriladigan tovarlar ro‘yxatiga (tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklatura kodi bo‘yicha) kiruvchi mahsulotlar ro‘yxati tasdiqlangan.

 

Oziq-ovqat mahsulotlari Sanepidqo‘mitaning qaysi laboratoriyalarida tekshiruvdan o‘tkaziladi?

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi, uning hududiy organlarining akkreditatsiyadan o‘tgan laboratotiya majmualari tomonidan rasmiylashtirib beriladi.

 

 Bu kabi tekshiruvlar uchun mahsulot miqdori belgilanganmi?

 

Sinovlar uchun har bir mahsulot namunasini olish uchun texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatda belgilab qo‘yilgan.

 

Mas’ul sanitariya vrachi mahsulot namunasini sanitariya-gigiyena, radiatsion gigiyena, fizik omillar, bakteriologiya, virusologiya, parazitologiya va o‘ta xavfli kasalliklar tashxisi bo‘yicha laboratoriyalarda sinovlar olib borish uchun texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan miqdorda oladi. Shuningdek, ikki nusxada namuna olish dalolatnomasi rasmiylashtiradi.

 

 Mahsulotni laboratoriyada tekshirish muddati necha kunni tashkil etadi?

 

Sanitariya-epidemiologik xulosani rasmiylashtirib berish muddati tegishli sinov usullari uchun normativ hujjatlarda nazarda tutilgan muddatlarga qarab, biroq 1 ish kunidan 14 ish kundan oshmagan holda belgilangan.

 

 Mahsulotga sertifikat olishning belgilangan muddati bormi? Qay tartibda amalga oshiriladi?

 

Veterinariya va fitosanitariya xulosalari olinishi hisobga olingan holda sanitariya-epidemiologik xulosani rasmiylashtirib berish muddati tegishli sinovlar usullari uchun normativ hujjatlarda nazarda tutilgan muddatlarga qarab, biroq 14 ish kundan oshmagan holda belgilangan.

 

 Mahsulotga sertifikat olishning belgilangan summa bormi? Qay tartibda amalga oshiriladi?

 

Laboratoriya sinov va tadqiqotlarini o‘tkazish, sanitariya-epidemiologik xulosa rasmiylashtirib berish xarajatlarini qoplash uchun Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi, uning hududiy boshqarmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadigan tariflar bo‘yicha to‘lov undiriladi.

 

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee