"Sifat
haftaligi" doirasida
aholini sifatli oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlash,
dehqon bozorlarida sotilayotgan mahsulotlarning sifati va xavfsizligi yuzasidan
Jizzax viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi
boshqarmasi hamda uning shahar va tuman bo’limlari tomonidan
sanitariya-targ‘ibot tadbirlari muntazam ravishda olib borilmoqda.
Sanepidqo‘mitaning Jizzax
viloyati Forish tumani bo‘limi xodimlari tomonidan veterinariya xizmati
xodimlari bilan hamkorlikda "Forish
dehqon bozori" MCHJda savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi
tadbirkorlar o‘rtasida “Dehqon
bozorlariga qo‘yiladigan sanitariya-gigiyena talablari to‘g‘risida”gi
sanitariya qoida va me’yorlariga amal qilinishini o‘rganish yuzasidan nazorat
tadbirlari o‘tkazildi.
Nazorat tadbirlari davomida tadbirkorlarga
sifati tez buziluvchi mahsulotlarni sotish uchun zarur shart-sharoitlar
yaratish, oziq-ovqat mahsulotlari savdosini sanitariya qoidalariga amal qilgan
holda tashkil etish, uy sharoitida tayyorlangan, sanitariya talablariga javob
bermaydigan oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qilmaslik bo‘yicha tavsiyalar
berildi.
O‘tkazilgan tadbirlar davomida ikkilamchi
go’sht mahsuloti (jigar) iste’molga yaroqsiz ekanligi aniqlanib, tegishli
tartibda sotuvdan olindi.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee