Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda hozirgi
kunda ozuqaviy qo‘shimchalarsiz texnologik jarayon yo‘q. Masalan, non ishlab
chiqarishda achitqi yoki soda ishlatilishi, maxsulotlarning yaroqlilik
muddatlarini uzaytirish maqsadida qo‘llaniladigan konservantlar, yoki shakar
o‘rnini bosuvchi shirinliklar. Ammo, ko‘pchilik oziq-ovqat qo‘shimchalari
sun’iy, ya’ni kimyoviy moddalar sintezi natijasida olinadi, shu sabab, ularning
oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda qo‘llanishini nazorat qilish
zaruriyati mavjud.
Xalqaro
Kodeks Alimentarius
tashkilotining tavsiyalarida oziq-ovqat qo‘shimchalari Е
xarfi bilan belgilangan bo‘lib, quyidagi guruhlardan iborat:
E100–E199
– bo‘yoqlar;
E200–E299
– konservantlar;
E300–E391
– oksidlanishga qarshi va kislotalikni me’yorlovchi moddalar;
E400–E481
– stabilizatorlar, emulgatorlar va quyuqlantirvuchi moddalar;
E500–E585
– boshqa turdagi qo‘shimchalar;
E600–E699
–ta’m va aromatni kuchaytiruvchi moddalar;
E700–E899
– yangi turdagi qo‘shimchalar;
E900–E999
– sirlovchi (yaltiratuvchi), shirinlik o‘rnini bosuvchi, unni oqartirvuchi
qo‘shimachalar;
E1100–E1105
– fermentlar.
«E» kodi berildi degani u sun`iy yoki kimyoviy degan
tushuncha emas. Masalan, E160a “karotinlar”, E162 “lavlagi bo‘yog‘i“, E170
“karbonat kalsiy”, E300 “askorbin kislotasi” va boshqa shunga o‘xshash bolalar
uchun foydali bo‘lgan qo‘shimchalar mavjud. Shu bilan birga, O‘zbekiston
Respublikasida bolalar uchun mo‘ljallangan maxsus mahsulotlarda №0283-10 sonli
“Oziq ovqat mahsulotlarining xavfsizligiga bo‘lgan gigiyenik talablar” Sanitariya Qoidalari talabiga muvofiq sun’iy
oziq ovqat qo‘shimchalaridan foydalanish
tavsiya etilmaydi.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee