Yangiliklar

2024-03-06

OZIQ-OVQATDAN ZAHARLANISH HOLATLARINI OLDINI OLISH BO`YICHA UNIVERSITETI TALABALARI BILAN UCHRASHUV O`TKAZILDI

topics-img

Oziq-ovqatdan zaharlanish – bu inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan va turli sabablarga ko‘ra yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holat.  Oziq-ovqatdan zaharlanish odatda zararlangan oziq-ovqat orqali organizmga bakteriyalar, viruslar, parazitlar yoki toksinlarni kirishi natijasida yuzaga keladi. Bu holat insonning barcha organ va sistemalariga ta’sir qiladi.

Sanepidqo‘mita Farg‘ona viloyat boshqarmasi mutaxassislari tomonidan Farg‘ona davlat universiteti talabalari o‘rtasida tashkil etilgan uchrashuvda oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanishning belgilari, tashxisi, tasnifi, davolash va oldini olish bo‘yicha amalga oshirish kerak bo`lgan chora-tadbirlar haqida so‘z bordi.

 

Talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar javobi tinglandi.

 

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee