2024-yil 26-aprel kuni Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan «Pandemiyaga qarshi tayyorgarlik: ilmiy asoslar va amaliy yechimlar» Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Hozirgi kunda yuqumli kasalliklarga qarshi yangi davo choralari, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan pandemiyaning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni rejalashtirish soha xodimlarining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, COVID-19 pandemiyasi butun dunyo uchun sinovli va tahlikali davrga aylandi. Koronavirus pandemiyasi davrida dunyo miqyosida sog‘liqni saqlash tizimining global pandemiya ta’siriga tayyorgarlik ko‘rish, unga javob berish bo‘yicha tibbiyotda ko‘plab kamchiliklar aniqlandi.
Bu esa yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan pandemiyaga qarshi kurashish jarayoni maqsadli investitsiyalarni amalga oshirish, pandemiyaga tayyorgarlikni moliyalashtirish va monitoringini doimiy ravishda olib borish, pandemiya va epidemiyalar davrida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratish, siyosiy majburiyat, jamoatchilik ishtiroki va davlat tomonidan moliyalashtirish orqali nimalarga erishish mumkinligini ko‘rsatdi. Pandemiyadan olingan saboqlar insoniyatga hozirgi va kelajakdagi muammolarni yengishga yordam beradi. Butun dunyoga xavf solgan koronavirus pandemiyasi davrida sanitariya-epidemiologiya sohasining jamiyat salomatligi uchun naqadar muhim ekanligi yaqqol namoyon bo‘ldi.
Konferensiya davomida bu haqida alohida ta’kidlandi. Anjumanda “Karantin qoidalari yo‘lga qo‘yilgan va kasallik ko‘paya borgan davrda Sanitariya-epidemiologiya tizimining barcha xodimlari kasallik o‘choqlarida o‘z sog‘lig‘ini xavf-xatarga qo‘yib, yurtdoshlari salomatligini asrashga beminnat hissa qo‘shdi. Davlat rahbarining o‘z vaqtida to‘g‘ri qilgan qarori, hukumatning uyushqoqlik bilan olib borgan faoliyati hamda Xalqaro tashkilotlar ko‘magida keltirilgan kasallikka qarshi vaksinalar tufayli O‘zbekiston ushbu kasallikda juda past ko‘rsatkichdagi talafotlar bilan chiqdi. Kasallikka qarshi kurashish borasidagi O‘zbekiston tajribasi JSST tomonidan bir necha bor namuna sifatida ko‘rsatildi”, dedi Sanepidqo‘mita raisi B.Yusupaliyev.
Karantin qoidalari yo‘lga qo‘yilgan va kasallik ko‘paya borgan davrda Sanitariya-epidemiologiya tizimining barcha xodimlari kasallik o‘choqlarida o‘z sog‘lig‘ini xavf-xatarga qo‘yib, yurtdoshlari salomatligini asrashga beminnat hissa qo‘shdi. Davlat rahbarining o‘z vaqtida to‘g‘ri qilgan qarori, hukumatning uyushqoqlik bilan olib borgan faoliyati hamda Xalqaro tashkilotlar ko‘magida keltirilgan kasallikka qarshi vaksinalar tufayli O‘zbekiston ushbu kasallikda juda past ko‘rsatkichdagi talafotlar bilan chiqdi. Kasallikka qarshi kurashish borasidagi O‘zbekiston tajribasi JSST tomonidan bir necha bor namuna sifatida ko‘rsatildi. Bugun Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Chilonzor tumani bo‘limining «Chilonzor tumani – namunaviy tuman» sifatida ochilish marosimi ham o‘tkazildi. Bu yil mamlakatimizda Sanitariya-epidemiologiya sohasi rasman tashkil etilganiga 90 yil to‘ldi.
O‘zbekiston hududida rasman 1933-yilda sanitariya inspeksiyasi tashkil etilgan bo‘lib, 1934-yilda O‘zbekiston sanitariya-gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot institutining ochilishi, Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risidagi Nizom ishlab chiqilgani, normativlar tasdiqlanishi sanitariya nazoratining yangi bosqichga ko‘tarilishida muhim rol o‘ynadi. Yurtimizga chetdan yuqumli kasalliklar kirib kelishi va aholi orasida tarqalishining oldini olish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash ishlari tizimli bajarilmoqda. Bolalarni yuqumli kasalliklarga qarshi bepul emlash olib borilmoqda. Ichimlik suvi sifati va ochiq suv havzalari ustidan monitoring olib borish, bozorlar, ovqatlanish shoxobchalari, jamoat joylarida sanitariya holatini yaxshilash, atrof-muhit havosining musaffoligini saqlash chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda. Soha xodimlarining tinimsiz mehnatlari sababli yurtimizda epidemik barqarorlik saqlanib qolmoqda va salomatlik bilan bog‘liq ko‘ngilsiz holatlarning oldi olinmoqda. Xalq salomatligini asrash va aholi farovonligini ta’minlashdagi faoliyatlariga ulkan zafarlar tilash bilan birga sohaning barcha xodimlarini 90 yillik bilan samimiy qutlaymiz!
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee