Samarqand shahrida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi, Respublika va hududiy OITSga qarshi kurashish markazi rahbariyati hamda xalqaro tashkilot vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tayotgan ishchi guruh yig‘ilishi davom etmoqda.
"Pandemiyaga tayyorgarlik, migratsiya va salomatlik: Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoda migratsiya voqeliklariga nisbatan OITS, sil va bezgakka qarshi kurashuvchi global jamg‘arma loyihalarini yo‘naltirish va ularni moslashtirish" mavzusida ishchi guruh yig‘ilishida quyidagilar muhokama qilindi.
Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlarida OIV va silga qarshi dasturlarga ta'sir ko‘rsatadigan migratsiya bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish;
Tajribalarni baham ko‘rish: Migrantlar orasida OIV va sil kasalligi tarqalishining oldini olish, diagnostika va davolash xizmatlarini ta'minlovchi innovatsion modellar bo‘yicha ilg‘or tajribalarni almashish va amaliyotga tatbiq etish;
Global jamg‘arma grantlarini moslashtirish imkoniyatlarini aniqlash: Muammolar va yechimlar bo‘yicha muhokamalar asosida migrant populyatsiyalari uchun sifatli sog‘liqni saqlash xizmatlariga kirishni yaxshilash maqsadida GF grantlarini qanday moslashtirish mumkinligini aniqlash.
Xalqaro uchrashuvni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad migrantlar orasida OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olish, diagnostika va davolash xizmatlari bilan keng qamrab olinishi yuzasidan tajriba almashish va amaliyotga tatbiq etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati