Qonun bilan pedagoglarning huquqlari, majburiyatlari, faoliyatining
asosiy kafolatlari, mehnatiga yarasha haq to'lash, rag'batlantirish va ijtimoiy
himoya qilish tamoyillari belgilandi.
Pedagogning huquqlari, sha'ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro'si davlat himoyasi
ostida bo'ladi.
Umumiy o'rta ta'lim
tashkilotida ilk bor kasbiy faoliyatini boshlayotgan shaxsga bir o'quv yili
davriga murabbiylikni amalga oshirish uchun tajribali pedagog biriktiriladi.
Qonunga ko'ra, jumladan,
quyidagilar taqiqlanadi:
·
pedagogni kasbiy faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan
ishlarga, shu jumladan hududlarni obodonlashtirishga va qishloq xo'jaligi
ishlariga jalb qilish;
·
pedagogdan uning kasbiy majburiyatlariga taalluqli
bo'lmagan hisobotlarni va boshqa ma'lumotlarni, shu jumladan bitiruvchilarning
bandligi ta'minlanganligi haqidagi hisobotlarni
shakllantirishini va taqdim etishini
talab qilish;
·
pedagogning zimmasiga tovar va xizmatlarni sotib olish
majburiyatini yuklash, shu jumladan ish haqidan uning yozma roziligisiz tovar
va xizmatlar uchun mablag' ushlab
qolish.
Manba: O'RQ–901-son, 01.02.2024-y.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee