Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi
Bektemir tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan tuman Ko‘p tarmoqli markaziy
poliklinikasida olib borilayotgan qizamiqqa qarshi emlash tadbirlari hamda
vaksinalarning saqlanishi nazoratdan o‘tkazildi.
Qizamiqdan eng yaxshi himoya bu
qizamiq-parotit-qizilchaga (KPK) qarshi emlanishdir. KPK vaksinasi qizamiqning
barcha shtammlaridan uzoq muddatli himoyani ta’minlaydi. Farzandni himoyasini ta’minlash
uchun O’zbekiston milliy emlashlar taqvimiga muvofiq KPK vaksinasining ikki
dozasi bilan emlanishi kerak.
Jumladan, Bektemir tumanida joylashgan
tuman oilaviy poliklinikalari va uyushgan va uyushmagan jamoalari hamda
maktablarda qizamiq kasalligiga qarshi rejali emlash tadbirlari amalga
oshirilmoqda.
Ushbu emlash tadbirlarida 6 oylikdan 30 yoshgacha bo'lgan aholi qatlami
faol ishtirok etmoqda. Ta'kidlash joizki, o'z vaqtida kasalliklardan
himoyalanishda vaksina olish inson salomatligini kasalliklardan himoyalashda
muhim ahamiyatga ega.
Sanepidqo`mita
Axborot
xizmati
@sanepidcommittee