“Aholi salomatligi va sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha idororalararo ishchi guruhining 2024 yil uchun belgilangan chora-tadbirlar rejasi” da belgilangan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida joriy yilning avgust oyida Sanepidqo‘mitaning milliy vaksina saqlash omboridan 1 852 000 doza KPK-qizamiq-parotit-qizilchaga qarshi emlash uchun vaksina ma’muriy hududlar davolash-profilaktika muassasalarining 3138 ta emlash punktlariga yetkazib berildi va milliy emlash jadvaliga asosan 1 yosh va 6 yoshdagi bolalarni qizamiqqa qarshi rejali emlash qamrovi davom etmoqda.
Hurmatli ota-onalar! Yashash manzilingizdagi poliklinikaga tashrif etib farzandlaringizni o‘z vaqtida emlating! Vaksina yuqumli kasalliklarni oldini olishda-yagona vosita hisoblanadi.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee