Yangiliklar

2025-02-07

QONUN

topics-img

“Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunga asosan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi vakolatlari:

Oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;

Oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

Oziq-ovqat xavfsizligi sohasida sanitariya qoidalari, normalari hamda gigiena normativlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini ta’minlashda ishtirok etadi, shu jumladan genetik modifikatsiya qilingan organizmlardan foydalangan holda ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari ustidan nazoratni amalga oshiradi;

Xomashyo, kimyoviy hamda biologik sintez qo‘shimchalarini ishlab chiqarish chog‘ida xavfsizlik ko‘rsatkichlariga rioya etilishi bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

Oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishning ilmiy asoslangan normalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

 Oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi o‘zgarishlarning xavfsiz ovqatlanish hamda aholi salomatligi ko‘rsatkichlariga ta’siri monitoringi va tahlilini amalga oshiradi;

 – Aholining ovqatlanishi bilan bog‘liq yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning profilaktikasiga, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini oshirishga qaratilgan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazadi.

Sanepidqo‘mita

Axborot xizmati

@sanepidcommittee