Yangiliklar

2023-08-14

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO‘JALIGI XODIMLARINING OVQATLANISHINI RATSIONALIZATSIYA QILISH

topics-img

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra jismoniy faollik hamda ovqatlanish me’yor va qoidalariga amal qilmaslik, tarkibida tuz, qand, yog‘ miqdori ko‘p bo‘lgan taom va shirinliklarni me’yoridan ortiq iste’mol qilish, shuningdek, yetarli darajada vitamin va minerallar iste’mol qilmaslik oqibatida yoshlarda rasional o‘sish va aqliy rivojlanishdan ortda qolish, kattalarda esa yurak qon-tomir, endokrin, xavfli o‘sma kabi insonning erta o‘limiga olib keluvchi qator kasalliklarning rivojlanishiga sabab bo‘ladi.

Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot institutining ovqatlanish gigiyenasi laboratoriyasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida STEPS tizimi (yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni aniqlash va oldini olish strategiyasi) bo‘yicha qishloq xo‘jaligi xodimlarining ovqatlanishini ratsionalizatsiya qilish maqsadida tadqiqot o‘tkazib, ushbu  guruh vakillarining ovqatlanish odatlari va ehtiyojlari haqida ma’lumotlarni taqdim etdi.

So‘rovnoma 2023-yilning iyul-avgust oylarida o‘tkazildi va turli yoshdagi va turli jinsdagi 300 dan ortiq qishloq xo‘jaligi xodimlarini qamrab oldi. Tadqiqotning maqsadi ushbu toifadagi aholining ovqatlanishidagi asosiy muammolarni aniqlash va uni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish edi.

So‘rovnoma natijalari shuni ko‘rsatdiki, qishloq xo‘jaligi xodimlari sog‘lom va ratsional ovqatlanishda muayyan qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. Tadqiqotda aniqlangan asosiy muammolar quyidagilardan iborat:

1.  Vaqt yetishmasligi: ko‘pgina ishchilar vaqt cheklovlariga duch kelishadi, bu esa to‘liq ovqat tayyorlash va ovqatlanishni qiyinlashtiradi.

2.  Yangi oziq-ovqat mahsulotlardan foydalanish cheklangan: ba’zi ishchilar chekka hududlarda yoki mavsumiy ishlarda yangi va sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini olishda qiynaladi.

3.  Sog‘lom ovqatlanish haqida to‘liq ma’lumotga ega emasliklari: ko‘plab qishloq xo‘jaligi ishchilari, ozuqaviy qiymat va muvozanatli ovqatlanish haqida to‘liq ma’lumotlarga ega emasliklari aniqlandi.

SGKK ITI qishloq xo‘jaligi xodimlarining ovqatlanish tartibini o‘rganish va ularni ratsional ovqatlanish haqida tushunchalarini oshirish bo‘yicha tadqiqot ishlarini davom ettiradi.

Sanepidqo‘mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee