AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari (CDC) tomonidan joriy yilning 10–13 sentabr kunlari Qozog'istonning Olmaota shahrida "Amaliy epidemiologiya (FETP)-2024" mavzusida birinchi ilmiy simpozium o'tkazilmoqda.
Tadbirda O‘zbekistondan quyidagi mutaxassislar qatnashmoqda:
1. B.Kurbanov – Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari;
2. R.Ibragimov – Qo‘mitaning ilmiy tadqiqotlar, Innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi bosh mutaxassisi;
3. Sh.Abdullayeva – Qo‘mitaning Toshkent shahar boshqarmasi mutaxassisi;
4. M.Karadjanova – Qo‘mitaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar boshqarmasi mutaxassisi;
5. D.Kuziyeva - Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi bo‘lim boshlig‘i.
Simpoziumni o'tkazishdan asosiy maqsad yuqumli kasalliklarni oldini olish, bu borada davlatlar tajribasini o'rganish va yangi amaliyotlarni joriy qilish ko'zda tutilgan.
Shunga ko'ra, ushbu yirik tadbirda Sanepidqo'mita AQSh kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari bilan hamkorlikda sanitariya-epidemiologiya sohasida xodimlarning bilim saviyasini oshirishga qaratilgan loyihalar amalga oshirilayotgani bois Qo'mita xodimlari ham ishtirok etmoqda.
Simpozium doirasida o'tkazilayotgan tadbirda Qo‘mitaning ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va Ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi bosh mutaxassisi R.Ibragimov "Toshkent shahrida tibbiyot xodimlari orasida gepatit Bga qarshi emlashdan so‘ng immun javobi" hamda qo‘mitaning Toshkent shahar boshqarmasi mutaxassisi Sh. Abdullayeva “Poytaxtimizda qizamiq kasalligining keng tarqalishini oldini olishda amalga oshirilayotgan ishlar va boshqarma tajribasi” mavzularida o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etdilar.
Taqdimotlar va epidemiologik vaziyatni barqaror ushlash borasida olib borilayotgan ishlar qatnashchilar tomonidan e'tirof etildi.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee