Ramazon oyida to‘g‘ri
ovqatlanish muhim ahamiyatga ega. Uzoq soatlik ochlikdan so‘ng, turli taomlarga
boy iftorlik dasturxoni bizning Ramazonda sog‘lom ovqatlanish haqidagi
orzularimizni yo‘qqa chiqarishi mumkin. Ramazonda to‘g‘ri ovqatlanish haqida
bilish juda muhimdir!
Ramazonda sog‘lom ovqatlanish
va oshqozon ichak tizimi salomatligini saqlash uchun quyidagi tavsiyalarga amal
qiling:
1. Taomlanishni xurmodan boshlang.
Xurmo — bu ro‘za paytida kun
davomida energiya bilan ta’minlaydigan uglevodlarning manbai hisoblanadi. Xurmo
mevasi tolalari ovqat hazm qilish traktini ishlashini tartibga soladi. Bundan
tashqari, xurmo magniy va kaliyga boy.
2. Ko‘p miqdorda suv iching.
Kun davomida chanqamaslik
uchun og‘iz ochilgandan keyin va saharlikdan oldin yetarlicha suv iching. Bir
kunda 8 stakan suv ichishga harakat qiling.
3. Chanqatadigan ovqatlar va mahsulotlardan saqlaning.
Tuzli ovqatlar, konservalar,
tuzlangan yong‘oqlar, bodringlar, baliqlardan saqlaning. Bundan tashqari,
ziravorlarga boy ovqatlardan saqlaning, chunki ular sizda chanqoq hissini
chaqiradi. Ko‘proq meva va sabzavotlarni iste’mol qiling, ular organizmning suv
zaxiralarini yangilaydi va to‘ldiradi.
4. Sekin, shoshmasdan iftorlik qiling.
Uzoq muddatli ochlikdan so‘ng,
tanaga katta miqdordagi oziq-ovqat tushishi – stressdir. Moʻtadil bo‘lishga
harakat qiling, iftorni xurmo, suv bilan boshlang, keyin sho‘rva, salat
yeyishingiz mumkin. Bir muncha vaqt o‘tgach, asosiy taomga o‘ting. Ortiqcha
ovqatlanish ovqat hazm qilishda muammolar va oshqozon og‘rig‘iga sabab bo‘lishi
mumkin. Iftorni iliq sho‘rva bilan boshlash ro‘za tutgandan keyin eng yaxshi
ovqat bo‘lib, organizmning ozuqaviy moddalarini to‘ldiradi va tanani og‘irroq
ovqatlar uchun tayyorlaydi.
5. Taomingizda barcha kerakli nutriyentlar
mavjudligiga ishonch hosil qiling.
Iftorda oqsillar, sabzavotlar, yormalar, mevalar va foydali yog‘lar kabi
ovqatlar bo‘lishi kerak.
6. Sog‘lom ovqatlarni tanlang.
Rasioningizda don, yormalar,
tovuq go‘shti, yog‘siz go‘sht, baliq, zaytun moyi va mevalar bo‘lishi kerak.
Qovurilgan, sho‘r va yog‘li ovqatlardan saqlaning. Go‘sht, dukkaklilar, tuxum
va sut mahsulotlari oqsilga boy. Ushbu oziq-ovqat mahsulotlaridan kamida
bittasini har kuni iste’mol qilishingiz kerak.
7. Shirinliklardan saqlaning.
Iftordan keyingi shirinliklar
qorinda gaz to‘planishiga sabab bo‘ladi va ovqat hazm qilishni buzadi. Bundan
tashqari, u qondagi glyukoza miqdorini oshiradi, bu esa shirinliklarga bo‘lgan
ehtiyojni yanada oshiradi. Shuning uchun iftorlikdan 2–3 soatdan keyin
shirinliklarni iste’mol qilish tavsiya etiladi. Shirinliklarni foydaliroq
mahsulotlarga: xurmo, quruq mevalar, shirin mevalar bilan almashtirish kerak.
8. Qahva (kofe) ichishdan tiyiling.
Ramazon oyida bosh og‘rig‘i va
uyqusizlikka yo‘l qo‘ymaslik uchun kofe iste’mol qilishni kamaytirishga harakat
qiling.
9.
Kuniga uch marta ovqatlanish.
Ramazon
oyida ham kuniga uch mahal ovqatlanish muhim ahamiyatga ega, bunda iftorlik,
saharlik va ular orasida yengil tamaddi qilib olish kerak. Asosiy
ovqatlanishingizni uch qismga bo‘ling. Uchdan bir qismi murakkab uglevodlar,
uchdan biri yog‘siz go‘sht yoki baliq, qolganlari esa sabzavot. Bu sog‘lom
muvozanatli ovqatlanish bo‘ladi.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee