“Pestitsidlarni
zaharliligi va xavfliligiga koʻra tasniflarga ajratishga doir gigiyenik
talablar” 0067-24-son
SanQvaM – pestitsidlarni zaharliligi va xavfliligiga koʻra tasniflarga
ajratishga doir gigiyenik talablarini belgilaydi.
Mazkur sanitariya qoidalari mikrobiologik
preparatlar (murakkab biologik komplekslar, bakteriyalar va mikroorganizmlar)
uchun tatbiq etilmaydi.
Shuningdek, quyidagi yangi
talablar kiritildi:
“Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga
bosqichma-bosqich o‘tish to‘g‘risidagi” 6084-sonli Prezident farmoniga muvofiq
ushbu hujjat lotin alifbosida yangi tahrirda ishlab chiqildi;
tushunchalarga qonun hujjatlariga mos
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan;
pestitsidlar va ular tarkibidagi ta’sir
etuvchi moddalarning zaharliligi va xavfliligini baholashdagi ishlatiluvchi
asosiy mezonlarni hisoblash formulalari bilan to‘ldirildi.
Рestitsidlar bilan ishlovchi xodimlar uchun sanitariya
va gigiyena talablari nomli yangi bob qo‘shildi.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee