Yangiliklar

2024-05-28

ROSSIYA VA OʻZBEKISTON AHOLINING SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIGINI TAʼMINLASH SOHASIDA HAMKORLIK TOʻGʻRISIDAGI HUKUMATLARARO BITIMNI IMZOLADI

topics-img

 27 may kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova va O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi Bahodir Yusupaliyev o‘rtasida hukumatlararo kelishuv imzolandi.

Bitim quyidagilarni o'z ichiga oladi:

yuqumli kasalliklarning oldini olish va nazorat qilish;

atrof-muhit omillarining insonga zararli ta'sirini bartaraf etish;

oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash;

sanitar-epidemiologik xarakterdagi favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik.

Bitimning amalga oshirilishi epidemiologiya, sanitariya va gigiyena sohasidagi mamlakatlarning ikki tomonlama munosabatlarini chuqurlashtiradi va butun Yevroosiyo epidemiologik makonida infeksiyalar tahdidiga samarali javob berish imkonini beradi.

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee