Yangiliklar

2025-01-14

ROTAVIRUS INFEKSIYASIGA QARSHI VAKSINA

topics-img

Rotavirus kichik yoshdagi bolalar o'rtasida diareya (ich ketishi, qayt qilish va suvsizlanish belgilari) bilan kechuvchi gastroenterit kelib chiqishining asosiy sababchisi hisoblanadi. Kasallik fekal-oral yo'li bilan yuqadi, u "iflos qo'l kasalligi" hisoblanadi.

 

Ko'pgina bolalar ushbu virus bilan 5 yoshga to'lguniga qadar zararlanadi. Bu kasallik barcha hududlarda kuzatiladi, hatto yaxshi sanitariya-gigiena sharoitlariga ega bo'lgan va xavfsiz ichimlik suvi bilan ta'minlangan davlatlarda ham.

 

Rotavirus infeksiyasi kasalligi to'g'ri davolanganda asoratlar kuzatilmaydi.

 

Lekin bir yoshgacha bo'lgan bolalarda qayt qilish yoki tez-tez suvdek ich ketishi boshlangandan keyin juda tez suvsizlanish boshlanib, shok holati, buyrak va jigar faoliyatining buzilishi kabi og'ir asoratlarga olib kelib, o'limga sabab bo'ladi. Ko'proq 3 yoshgacha bo'lgan bolalar zararlanadi.

 

Emlash kichik yoshdagi bolalarni rotavirusli gastroenteritning og'ir formalaridan kamida ikki yil (yuqori xavf davrida) himoya qiladi.

Sanepidqo‘mita

Axborot xizmati

@sanepidcommittee