Yangiliklar

2025-01-24

САНЭПИДҚЎМИТА МУТАХАССИСЛАРИ “ISO 22000:2018 BO'YICHA OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI XAVFSIZLIGI MENEJMENTI AUDITORI/ YETAKCHI AUDITOR" O'QUV KURSIDA TAHSIL OLISHMOQDA

topics-img

O'zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lishi uchun mamlakatimizdagi  oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi tizimini xalqaro talablarga moshlashtirish muhim hisoblanadi. Ayni kunlarda Qo`mitaning ushbu yo'nalishga mas'ul bir nechta mutaxassislari UNOPSning ko'magi asosida va  “CERT Academy”  xalqaro trening tashkiloti hamkorligida Xalqaro sertifikatsiyalangan auditorlar registrida  (IRCA) ro'yxatiga olingan "ISO 22000:2018 bo'yicha oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi menejmenti auditori/ yetakchi auditor" o'quv kursida tahsil olishmoqda.

 ISO 22000:2018 (HACCP) bo‘yicha oziq-ovqat xavfsizligi menejmenti tizimining ahamiyati:

  •  Eksport imkoniyatlarini kengaytiradi.
  •  Mahsulot sifatiga bo‘lgan ishonchni oshiradi.
  •  Jahon savdo tashkiloti (WTO) talablariga moslashni ta'minlaydi.

Sanepidqo‘mita

Axborot xizmati

@sanepidcommittee