Yangiliklar

2024-12-26

Sanepidqo`mita Axborot xizmati @sanepidcommittee

topics-img

Navoiy viloyatidagi davlat boshqaruvi organlari, tashkilot va muassasalar o‘rtasidagi “ZAKOVAT” bellashuvi qizg‘in bahs va keskin aql kurashlari bilan o‘tdi.

 Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan tashkil etilgan final turniri Navoiy davlat pedagogika instituti axborot-resurs markazida o‘tkazildi.

Sanepidqo`mita Navoiy viloyat boshqarmasi yosh xodimlaridan tuzilgan guruh kuchlilar orasida nimaga qodirligini ko‘rsatib, faxrli 🥈2-o‘rinni egalladi.

Aql, bilim va tafakkur, intellektual salohiyat davlat taraqqiyotining asosiy tayanchlaridan ekanligi o‘z isbotini topib bormoqda. O‘z safiga minglab iste’dodli, bilimdon yoshlarni biriktirgan “ZAKOVAT” bu borada drayver bo‘lmoqda.

 Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi guruhi keyingi musobaqalarda yuksak marralar, birinchi pillapoyalarga chiqish nasib etsin, deb qolamiz!

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee