“O‘zbekiston Respublikasidagi sanitariya va fitosanitariya shartlari to‘g‘risida Jahon savdo tashkiloti a’zo davlatlarini xabardor qilish tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasiga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklandi:
Jumladan:
- oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash uchun qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, qoidalar, nizomlar to‘g‘risida ahon savdo tashkiloti a’zo davlatlarini muntazam xabardor qilishni ta’minlash;
- sanitariya va fitosanitariya chora-tadbirlari to‘g‘risidagi loyihalarni e’tiroz va takliflar olish uchun JST a’zo davlatlariga yuborish;
- JST a’zo davlatlarining e’tiroz yoki takliflari va qarshiliklari asosida chora-tadbirlar loyihalarini qayta ishlash uchun tashabbuskor vakolatli davlat organlariga kiritish;
JST a’zo davlatlari va manfaatdor tomonlarning asoslangan so‘rovlariga javoblar yuborish.
Prezidentimizning 3-iyundagi O‘zbekiston qonunchiligini JST bitimlariga muvofiqlashtirish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmoniga muvofiq amalga oshiriladi. Farmonga muvofiq JSTning Sanitariya va fitosanitariya chora-tadbirlari to‘g‘risidagi bitimi (SPS Agreement) talablaridan kelib chiqqan holda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining markaziy apparatida 3 ta shtat birligidan iborat Sanitariya va fitosanitariya chora-tadbirlari bo‘yicha Axborot markazi tashkil etildi.
Qaror bilan bilan SSV va Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasining Kodeks Alimentarius milliy komissiyasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Komissiya JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha SFS choralarini Kodeks Alimentarius standartlari talablariga moslashtirish ishlarini muvofiqlashtiruvchi kollegial organ etib belgilandi.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee