Yangiliklar

2025-03-12

SANEPIDQO‘MITA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘LIMI VIDEOKONFERENSALOQA (VKS) O‘TKAZDI

topics-img

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limining yig‘ilishi videokonferensaloqa (VKS) formatida bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishga Sanepidqo‘mitaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmasi, tuman (shahar) bo‘limlari, tizim tashkilotlari korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari mutaxassislari ishtirok etdi.

 Yig‘ilishni Sanepidqo‘mita Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Elmurod Danayev olib bordi.

Yig‘ilishda 2025-yil 5-martdagi davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashning korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar hamda sohada olib borilayotgan ishlar natijadorligi bo‘yicha so‘z yuritildi.

Sanepidqo‘mita

Axborot xizmati

@sanepidcommittee