Yangiliklar

2024-05-24

SANEPIDQO'MITA SAMARQAND VILOYATI BOSHQARMASI MEDIA MARKAZINING OCHILISH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI

topics-img

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi va hududiy boshqarmalari faoliyatini yanada keng tarzda yoritish, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan holda tashkilot ijobiy imijini shakllantirishda salmoqli ishlar qilinmoqda.

Jamoatchilikka sohaga oid O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaror va topshiriqlarining ijrosi, olib borilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalari, Qo‘mita va uning hududiy bo‘limlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida tezkor, holis hamda birinchi manba sifatida to‘liq axborot yetkazib, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan faol muloqot o‘rnatib kelmoqda.

Qo‘mita tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni jamoatchilikka yetkazish, ommaviy axborot vasitalariga yanada keng yoritish hamda o‘zaro tajriba almashish maqsadida joriy yilning 22-23 may kunlari Samarqand shahrida “Axborot xizmati xodimlarining jamoatchilik bilan samarali ishlashda Samarqand tajribasi” mavzusida amaliy seminar  va Sanepidqo‘mita Samarqand viloyati boshqarmasi Media markazinig ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu markaz Qo'mita va uning hududiy boshqarmalari ichida tashkil qilingan eng birinchi Media-markazdir.

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee