• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2024-06-10

SANEPIDQO‘MITA TOSHKENT SHAHAR BOSHQARMASI YASHNOBOD TUMAN BO'LIMI BINOSI ENDI ZAMONAVIY QIYOFADA

topics-img

Joriy yilda Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi hamda bir nechta tuman bo'limlarining binosini tubdan zamonaviy qiyofaga keltirish maqsadida to'liq ta'mirdan chiqarish, laboratoriya faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida yangi jihozlar bilan ta'minlash rejalashtirilgan edi, shu boisdan bir nechta tuman bo'limlarining binosi zamonaviy qiyofaga kelmoqda.

Yashnobod tuman bo'limining fasad qismi, binoning ichki holati hamda laboratoriyalari to'liq ta'mirdan chiqdi. Shu bilan birga xodimlarga qulay sharoit yaratilibgina qolmay, zamonaviy jihozlar, laboratoriya jihozlari ham xarid qilindi.

Eslatib o'tamiz, Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Yashnobod tuman bo'limi "Tashabbusli byudjet" loyihasida jami 3 555 ta ovoz bilan g'oliblikni qo'lga kiritgan edi.

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee