Yangiliklar

2024-07-31

SANEPIDQO‘MITANING 2024-YIL 2-CHORAK YAKUNLARI BO‘YICHA HAY’AT YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

topics-img

Kun tartibi:

  • Respublikada yuqumli ichak infeksiyalarini  tashxisi, davolash va oldini olish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar, mavjud muammolar, yechimi hamda kelgusidagi vazifalar.
  • Qo‘mitaning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlari bo‘linmalari tomonidan atrof-muhit (suv, havo, tuproq) monitoringi borasida olib borilayotgan tadbirlar.
  • Prezidentimizning  2022 yil 16  maydagi “Ayrim dolzarb virusli infeksiyalar tarqalishiga qarshi kurashish chora-tadbirlarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori doirasida amalga oshirilgan tadbirlar va kelgusidagi vazifalar.
  • Qo‘mita tizimi tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki  nazorat tuzilmalarini tashkil etish, ular tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar, muammolar, yechimi olib borilayotgan tadbirlar va kelgusidagi vazifalar to‘g‘risida.
  • Turli masalalar.

Yig‘ilishda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisining o‘rinbosarlari, kun tartibiga muvofiq masalaga tegishli boshqarma va bo‘lim boshliqlari hamda laboratoriya mudirlari;

 Respublika tasarrufidagi muassasalar, ilmiy-tadqiqot institutlari direktorlari; Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.

Хay’at yig‘ilishida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Botir Qurbonov tomonidan

Respublikada yuqumli ichak infeksiyalarini  tashxisi, davolash va oldini olish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar, mavjud muammolar va ularni yechimlari hamda kelgusidagi vazifalar to‘g‘risida ma’ruzasi tinglandi.

 Yuqumli kasalliklar shifoxonalari faoliyati tanqidiy tahlil qilindi.

 Bemorlardan olinayotgan namunalar Qo‘mitaningi hududiy bo‘limlari bilan hamkorlikda o‘rganilmayotgani ko‘rsatayotganini ta’kidladi.

Yig‘ilishida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi Bahodir Yusupaliyev tomonidan

Yuqumli ichak kasalliklarini oldini olishda aniq tashxis qo‘yishga jiddiy e’tibor qaratilmayotganligi tanqid qilindi.

  • Tahlillarni tekshirish uchun ozuqaviy muhit  zahirasini yaratish.
  • Hududlardagi tuman Tibbiyot birlashmalarining Yuqumli kasalliklar bo‘limlari tahlillarni Qo‘mitaning bo‘limlariga yuborish topshirig‘i berildi.
  • Yuqumli kasalliklarni nazorat qilish elektron platformasi ishga tushirilishi ma’lum qilindi.

Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori, akademik   Erkin Musabayev tomonidan

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2022 yil 16  maydagi “Ayrim dolzarb virusli infeksiyalar tarqalishiga qarshi kurashish chora-tadbirlarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-243-sonli qarori doirasida amalga oshirilgan tadbirlar va kelgusidagi vazifalar yuzasidan ma’ruzasi tinglandi. 

 Qaror ijrosini ta’minlash, respublikada virusli gepatit V va S turlarini barvaqt aniqlash maqsadida 2023 yilda aholining 1 mln. 125 ming nafarini ushbu infeksiyalariga skriningdan o‘tkazilishi belgilangan.

2024 yil 10 iyun holatiga respublikada aholining 1 043 907 nafari (92,8 foizi) virusli gepatit “V” turiga skriningdan o‘tkazilgan.

Virusli gepatit “S” turiga 1 044 633 nafar (92,9 foizi) shahslar skriningdan o‘tkazilgan.

Sanepidqo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Atabekov tomonidan

 Qo‘mitaning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlari, bo‘linmalari tomonidan atrof-muhit (suv, havo, tuproq) monitoringi borasida olib borilayotgan tadbirlar to‘g‘risida ma’ruzasi tinglandi. 

 Hududlardagi suv, havo, tuproq monitoringi borasida olib borilayotgan tadbirlar tanqidiy tahlil qilindi.

 Mutaxassislar tomonidan atrof-muhit ob’yektlarida laboratoriya-instrumental tahlil turlarini noto‘g‘ri rejalashtirishdan dalolat beradi.

 Mutaxassislar tomonidan atrof-muhit ob’yektlarini laboratoriya tahlillari o‘tkazish bo‘yicha reja tuzishda:

 mahalliy sharoitlarning o‘ziga xos xususiyatlarini va atrof-muhitni ifloslantirishi mumkin bo‘lgan moddalar hisobga olinmayapti;

reja bo‘yicha o‘tkazilgan tahlillar natijalari mutaxassislar tomonidan tahlil qilinmayapti;

 atrof-muhit ob’yektlarining haqiqiy ifloslanishi aniqlash bo‘yicha namuna olish joylarini to‘g‘ri tanlanmagan va ularda vaqtini tahlil qilish ishlari qo‘yilmagan va ifloslantiruvchi barcha ko‘rsatilgichlar tahlil qilinmayapti.

 Monitoring yakunlari tahlil qilinishida sovuqqonlikka yo‘l qo‘yilayotganligi ta’kidlandi.

 Bu borada hududlar reja grafik ishlab chiqishi va natijasi bo‘yicha 1 oy muddatda hisobot berish topshirig‘i berildi.

Sanepidqo‘mita Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Elmurot Danayev tomonidan

Sanepidqo‘mita tizimi tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki  nazorat tuzilmalarini tashkil etish, ular tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar, mavjud muammolar, ularni bartaraf etish va kelgusidagi vazifalar borasida olib borilayotgan tadbirlar to‘g‘risida ma’ruzasi tinglandi.      

Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish yo‘nalishida profilaktik tadbirlarni muntazam tashkil etib kelinmoqda. Qo‘mita tarkibiga kiruvchi Respublika muassasalari, hududiy boshqarmalar va tuman (shahar) bo‘limlarida “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi va uning tizimi korrupsiyadan xoli tashkilot” shiori ostida profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda.

Korrupsiya holatlarining oldini olishga qaratilgan bir qancha chora-tadbirlar amalga oshirilganligiga qaramasdan, Qo‘mita tomonidan chiqarilayotgan  topshiriqlar ijrolari ta’minlanmay, sohada korrupsiyaviy omillar va xavf-xatarlar saqlanib qolmoqda.

Tizimda korrupsiyaviy holatlarni oldini olish va bartaraf etish maqsadida quyidagilar taklif etildi:

10 kun ichida Qo‘mita tarkibidagi muassasalar va hududiy boshqarmalarga ichki imkoniyatdan kelib chiqib 1,0 shtat birligi doirasida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasiga aloxida shtat birligi ajratib, mas’ul mutaxassislar tayinlanishi.

 Qo‘mita tarkibidagi muassasalar va hududiy boshqarmalarning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi mas’ul xodimlarini ish faoliyatiga zarur bo‘lgan moddiy-texnika bazasi bilan o‘z vaqtida to‘liq ta’minlashi;

Bir oy muddatda huquqiy soha mutaxassislar ishtirokida, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tarkibiga kiruvchi muassasalar va hududiy boshqarmalarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi xodimlarini bilim va malakalarini oshirish maqsadida o‘qish tashkil etilishi;

Qo‘mita tarkibidagi muassasalar, hududiy boshqarmalar va tuman (shahar) bo‘limlarida sodir etilgan jinoyat holati aniqlangan taqdirda, zudlik bilan yuqori turuvchi tiz.

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee