Sanitariya-gigiyena va kasb
kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti 1934-yilda tashkil etilgan bo‘lib,
gigiyena fani va kasb patologiyasi sohasidagi yagona yetakchi ilmiy muassasa
hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda institut
tarkibida 9 ta ixtisoslashtirilgan ilmiy laboratoriyalar mavjud bo'lib,
ularning faoliyati quyidagilarga qaratilgan:
- aholi, shu jumladan bolalar
va o‘smirlar, shuningdek, zararli va noqulay ishlab chiqarish omillari
sharoitida mehnatga layoqatli aholi salomatligiga noqulay ekologik omillarning
ta’sirini kamaytirish chora-tadbirlari;
- atmosfera havosi, tuproq va
suvning sifatini gigiyenik standartlari va sanitariya mikrobiologiyasi;
- aholi punktlari, turar-joy
va jamoat binolarini rejalashtirishning gigiyenik me'yorlari;
- qishloq xo'jaligida
qo'llaniladigan yangi pestitsidlar va mineral o'g'itlardan xavfsiz
foydalanishning gigiyenik qoidalari;
- turli yoshdagi va
kasbiy guruhlar uchun o'rtacha kunlik ovqatlanish me'yorlarini hisobga olgan
holda aholining xavfsiz va oqilona ovqatlanish mezonlari;
- kasbiy xavflarni
boshqarishni kompleks tizimi, kasb kasalliklarining oldini olish va davolash,
tibbiy va ijtimoiy mehnat reabilitatsiyasi.
Kasb kasalliklariga uchragan
bemorlarga yuqori malakali tibbiy yordam ko'rsatish, davolash va reabilitatsiya
qilish uchun institutda 100 o'ringa mo'ljallangan klinika, alohida kasbiy
guruhlarning sog'lig'ini dispanser monitoringini o'tkazish uchun dispanser
bo'limi ham faoliyat yuritadi. Institut 20 dan ortiq yetakchi xorijiy va milliy
ilmiy muassasalar bilan hamkorlik qiladi.
Oxirgi 3 yil davomida institut
ilmiy xodimlari tomonidan 500 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etildi, jumladan:
- ixtirolarga patentlar va
kompyuter dasturlarini ro'yxatdan o'tkazish guvohnomalari - 17 ta;
- xorijda 10 dan ortiq
monografiya va darsliklar nashr etilgan;
- 90 dan ortiq
me’yoriy-uslubiy hujjatlar, jumladan, uslubiy tavsiyalar, toksikologik
pasportlar ishlab chiqilgan;
- 45 dan ortiq sanitariya
qoidalari, me'yorlari va gigiyena normativlari qayta ko‘rib chiqilib, xalqaro
standartlarga moslashtirildi;
- 230 dan ortiq ilmiy
maqolalar yetakchi ilmiy jurnallarda chop etilgan, ularning 30 foizi Scopus va
Web of Science ilmiyometrik maʼlumotlar bazalariga joylashtirilgan.
Amalga oshirilayotgan barcha
ilmiy-tadqiqot ishlari salomatlikni muhofaza qilish, aholi o‘rtasida
kasallanishning oldini olish va respublika aholisining hayot sifatini
yaxshilashga qaratilgan.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee