Sanitariya karantin punktlarida - temir yo'l, avtomobil, suv va havo transporti yo'nalishlarida sanitariya-epidemiya holatini nazorat qilish uchun mo'ljallangan tibbiy xizmatlar, shuningdek, yo‘lovchilar o‘rtasida yuqumli kasalliklar aniqlanganda epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
SKPning asosiy vazifalari sanitariya va epidemiyaga qarshi normalar va qoidalarning buzilishini aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini ko'rishdan iborat. Shuningdek, transport vositalaridagi tibbiyot xodimlariga instruktaj o`tkazish yuqumli kasalliklarni aniqlash maqsadida yo‘lovchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish hamda epidemiya avj olgan taqdirda izolyatsiyalash va cheklash tadbirlarini o'tkazish, boshqa davlatlardan yuqumli kasalliklar kirib kelishining oldini olishga qaratilgan sanitariya-karantin tadbirlarini amalga oshirishdan iborat.
SKP xalqaro aeroportlarda, yirik temir yoʻl uzellarida, avtomobil yoʻllarida va chegara oʻtkazuvchi hududlarda faoliyat olib boradi.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee