Yangiliklar

2024-12-14

SANKT-PETERBURGDA V XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA YAKUNLANDI

topics-img

Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo davlatlarning sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan xizmatlar rahbarlarining sakkizinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

V Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada 26 davlat va uchta xalqaro tashkilotdan 300 dan ortiq delegatlar ishtirok etdi.

Ushbu formatdagi uchrashuvlar 16 yildan buyon tashkilotning ustuvor yo‘nalishi bo‘lgan yuqumli va epidemik tahdidlarga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha muntazam hamkorlik mexanizmidir.

2️ kun davomi etgan konferensiyada Sanepidqo‘mita raisi B.Yusupaliyev ham qatnashdi.

Konferensiya ishtirokchilari dolzarb masalalarni muhokama qilishdi:

- sog'liqni saqlash;

- epidemiologiya;

- biotexnologiya;

- tibbiyotning boshqa sohalari.

Zamonaviy tadqiqotlar natijalari va amaliy ishlanmalar taqdim etildi.

Tadbir olim va mutaxassislarga:

🔹 tajriba almashish;

🔹 ilmiy aloqalarni mustahkamlash;

🔹 hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish imkonini taqdim etdi.

 Yakuniy yig‘ilishda konferensiya ishtirokchilari sanitariya-epidemiologiya nazorati va tibbiy amaliyotni takomillashtirish bo‘yicha bir qator tavsiyalar berishdi.

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee