Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga ko‘tarildi. Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi.
Joylarda o‘tayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz kutilgan natijalarni bermoqda.
Xalqimizning hayotiy talab va ehtiyojlarini ta’minlash, odamlarimizni rozi qilish maqsadida Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi hamda tuman bo‘limlari tomonidan ham doimiy ravishda amaliy ishlar olib borilmoqda.
Aholi tomonidan tushayotgan murojaatlar o‘rganilib, muammolar bartaraf etilmoqda yoki tegishli tavsiyalar berilmoqda.
Bugungi kunda xalq bilan uchrashib, joylarga chiqib, ularning dardiga quloq tutish, shu orqali aholining roziligiga erishish har bir rahbarning bosh vazifasiga aylandi.
Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Malika Qudratxodjayeva hamda tegishli mutaxassislar ishtirokida ham har oyda ikki marta tumanlarda sayyor qabullar tashkil etilmoqda.
Bu galgi sayyor qabul Boshqarmaning Shayxontohur tuman bo‘limida o‘tkazildi. Sayyor qabulda Sanepidqo‘mita raisining birinchi o'rinbosari Nurmat Atabekov hamda Qo'mita vakillari ham ishtirok etdi.
Sayyor qabulda 18 ta fuqaro 21 ta masala bilan murojaat qilgan bo'lsa, shulardan 13 tasi joyida hal etildi, 3 ta masala tegishliligi bo‘yicha mutasaddi tashkilotga yo‘naltirildi, 5 ta masalani hal etib o‘rganish uchun soha mutaxassislariga topshiriqlar berildi.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee