Yangiliklar

2024-05-21

SILNI OLDINI OLISH BO‘YICHA ANIQ MAQSADGA YO‘NALTIRILGAN ISHLAR AMALGA OSHIRILMOQDA

topics-img

Respublikada aholi salomatligini muhofaza qilish va sil infeksiyasidan himoyalash, tuberkulyoz va o‘pkaning nospesifik kasalliklari tarqalishining oldini olish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘tkaziladigan barcha tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-12–sonli «2023-2026 yillarda ftiziatriya va pulmonologiya xizmatini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi Qarorida belgilangan.

Ushbu qarorning  2-ilovasi, 19- bandi “Ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya yordamini ko‘rsatishda menedjment tizimini takomillashtirish” ijrosi doirasida tuberkulyozga qarshi kurashda monitoring va epidemiologik kuzatuv tizimlarini baholash, ustuvor yo‘nalishlarni belgilash va chora-tadbirlarni rejalashtirish maqsadida  2024-yil 14-16-may kunlari Toshkent shahrida milliy va xalqaro mutaxassislar ishtirokida o‘quv-seminar o‘tkazildi.

Seminarda ftiziatriya va pulmonologiya hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi mutaxassislari ishtirok etdi.

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee