Jahon
sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, jismoniy faollik hamda
ovqatlanish me’yor va qoidalariga amal qilmaslik, tarkibida tuz, qand, yog‘ miqdori
ko‘p bo‘lgan taom va shirinliklarni me’yoridan ortiq iste’mol qilish,
shuningdek yetarli darajada vitamin va minerallar iste’mol qilmaslik oqibatida
yoshlarda ratsional o‘sish va aqliy rivojlanishda ortda qolish, kattalarda esa
yurak qon-tomir, endokrin, xavfli o‘sma kabi insonning erta o‘limiga olib
keluvchi qator kasalliklarning rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
JSST mutaxassislarining fikricha yuqumli
bo‘lmagan kasaliklarning oldini olishning ilmiy tasdiqlangan eng samarador
uslublaridan biri sog‘lom ovqatlanishni rivojlantirish hisoblanadi.
Ushbu vazifa ijtimoiy – gigiyenik monitoring
tizimini joriy etish bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, uning majburiy
qismlaridan biri aholining ovqatlanish sifatini va unga bog‘liq salomatlik
mezonlarini ishlab chiqish ushbu monitoring dasturining muhim nuqtalaridan
bo‘lib hisoblanadi.
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 noyabrdagi PQ-4887-son «Aholining
sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida»gi Qarori va ushbu qaroriga 1-ilova «2020 — 2025 yillarda aholida
sog‘lom ovqatlanish odatini shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi»
yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasiga yo‘llangan.
Oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga bo‘lgan
talablarni, ularning yoshga oid, ijtimoiy, jo‘g‘rofiy va ekologik omillar,
tartiblar va ovqatlanish sharoitlariga bog‘liq ravishda iste’mol etilishi
bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish, shu bilan birga, oziq-ovqat mahsulotlari
va ular bilan aloqada bo‘luvchi materiallarning sifati va xavfsizligini
sanitariya-epidemiologiya (gigiyena) ekspertizasi va oziq-ovqat obyektlarining
qurilishi va foydalanilishini nazorat qilish maqsadida Surxondaryo viloyatida
istiqomat qiluvchi chorvadorlarning ovqatlanish ratsioni o'rganilib, so'rovnoma
o'tkazildi.
So’rovnoma o’tkazish jarayonida dastlab
chorvadorlarning shaxsiy ma’lumotlari to’planib, so’ng
Siz necha kun
meva iste’mol qilasiz?
Siz necha kun
sabzavot iste’mol qilasiz?
Siz soyali
yoki qaylalar kabi tuz yoki tuzli souslarni qanchalik tez-tez qo‘shasiz?
Sizning
oilangizda ovqat tayyorlash uchun qaysi turdagi o‘simlik moylari yoki hayvon
yog‘larini ko‘proq ishlatasiz?
Siz o‘rtacha
haftada necha marta uyda pishirilmagan taomlarni iste’mol qilasiz? kabi
ovqatlanish ratsioni haqidagi asosiy savollarga javob olindi.
Barcha chorvadorlarning javoblari hozirgi
kunda mutaxassislar tomonidan tahlil qilinib, uslubiy tavsiyanoma ishlab
chiqilmoqda.
Sanepidqo`mita
Axborot
xizmati
@sanepidcommittee