Toshkent shahar hokimligi va Tatariston Respublikasi (Rossiya Federatsiyasining) Qozon shahri meriyasi o'rtasida bo'lib o'tgan ikki tomonlama uchrashuvlar mobaynida erishilgan kelishuvlar ijrosini ta'minlash hamda ta'lim sohasida o'zaro tajriba almashish maqsadida 15-18-may kunlari Qozon shahriga Toshkent shahar hokimi o'rinbosari Durdona Raximova boshchiligida delegatsiya tashrifi amalga oshirilmoqda.
Ushbu tashrifdan asosiy maqsad – Qozon shahrining ta'lim tizimi bilan tanishish va ta'lim muassasalarida joriy qilingan yangiliklar, xususan, o'quvchilarni sifatli oziq-ovqat bilan ta'minlash bo'yicha "keytering" tizimini joriy qilish yuzasidan Tatariston tajribasini o'rganish.
Qayd etish kerakki, delegatsiya tarkibiga Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi boshlig'i Malika Qudratxodjayeva, Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bosh boshqarmasi boshlig'i Nilufar Husanboyeva hamda Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari kotibiyati bosh mutaxassisi Samariddin Ergashev ham kiritilgan.
Mutaxassislarning tajriba almashish jarayonida:
- Qozon shahrida boshlang'ich ta'lim tizimining tashkil etilganligi, bolalarni ovqatlantirish yo'nalishlarida olib borilayotgan ishlarni ko'zdan kechirish;
- ta'lim jarayonlarining raqamlashtirilganligi va o'quvchilarni ovqatlantirish (autsorsing) yo'nalishlarida tajriba almashish;
- bitiruvchi o'quvchilarni kasb-hunarga o'rgatish, oliy ta'lim muassasalariga qabul qilish jarayonlari bilan tanishish;
- Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi boshlig'i tomonidan Qozon shahar Fan va ta'lim departamentiga qarashli ta'lim muassasalarida sog'lom ovqatlantirishni tashkil qilish tizimini yaqindan o'rganish;
- Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi hamda Qozon shahar Sanitariya-epidemiologiya xizmati bilan o'zaro tajriba almashish rejalashtirilgan.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee