• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2024-06-04

SOG‘LOMLASHTIRISH OROMGOHLARI O‘Z FAOLIYATINI BOSHLADI

topics-img

Oromgohlar maroqli dam olish maskanlari vazifasini o‘tash bilan birgalikda, u yerda o‘tkaziladigan tadbirlar va olib boriladigan to‘garaklar bola dunyoqarashini boyitish, ijodiy qobiliyatini shakllantirish, uning har tomonlama ma’naviy kamol topishiga yordam beruvchi asosiy tarbiya manbai bo‘lib xizmat qiladi.

Oltiariq tumanidagi bolalar oromgohi birinchi mavsum uchun o‘z faoliyatini boshladi.

Oromgohda oziq-ovqat mahsulotlari sifati, xavfsizligi, muassaning toza ichimlik suvi bilan ta’minlanganligi, qo‘l yuvish uchun sharoitlar yaratilganligi, ovqatlanish joylarini sanitariya-gigiyena talablari asosida tashkil etilishini nazorat qilish maqsadida Sanepidqo‘mita Oltiariq tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan doimiy ravishda monitoring ishlari yo‘lga qo‘yildi.

Suratda: tumandagi "Oltiariq" oromgohi.

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee