Yangiliklar

2024-02-16

SUV, SANITARIYA VA GIGIYENA (SSG) SOHASIDA IJOBIY AMALIYOTLARNI TARG‘IB QILISHDA IJTIMOIY XULQ-ATVORNI O‘ZGARTIRISH

topics-img

YUNISEF O‘zbekistonda Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bilan o‘smirlar salomatligi va farovonligini qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan maktablarda, tibbiyot muassasalarida toza ichimlik suvi, sanitariya va gigiyena (SCG) dan foydalanish, shuningdek, xavfsiz ichimlik suvi va gigiyena bo‘yicha asosiy ijobiy amaliyotlarni ilgari surish sohasida hamkorlik qiladi.

Xavfsiz ichimlik suvi, sanitariya va gigiyena (SSG) dan foydalanish sog‘liq uchun juda muhimdir va inson huquqi sifatida  tan olingan. Suv sanitariya-gigiyenasi darajasining yetarli yemasligi vabo, diareya, dizenteriya, gepatit A, qorin tifi va poliomiyelit kabi kasalliklar yuqishining asosiy sababidir. Diareya kasalliklari bolalar o‘limining yetakchi global sababi bo‘lib qolmoqda.

Dunyo bo‘ylab diareya sababli  o‘lim holatlarining deyarli 60 foizi xavfli ichimlik suvi va  sanitariya- gigiyena sharoitlarining yetarli emasligi bilan bog‘liq.

Ichimlik suvi patogen mikroorganizmlarni o‘z ichiga olgan, odam yoki hayvonlarning najasi, shuningdek, bolalar salomatligi va rivojlanishiga zararli ta’sir ko‘rsatadigan kimyoviy va fizik ifloslantiruvchi moddalar bilan ifloslanishi mumkin.

Qo‘llarni sovun bilan yuvish diareya xavfini kamida 40 foizga va nafas olish yo‘llari infeksiyalari xavfini sezilarli darajada kamaytiradi.

YUNISEF tashkiloti O‘zbekiston Respublikasi bilan hamkorlikdagi 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan Dasturiy hujjat asosida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasiga  aholi o‘rtasida suv, sanitariya va gigiyena (SSG) sohasida  ijobiy amaliyotlarni targ‘ib qilishda ijtimoiy  xulq-atvorni o‘zgartirish strategiyasini ishlab chiqishda yordam beradi.

Strategiyaning ushbu sohadagi milliy rejaga muvofiqligini ta’minlash maqsadida joriy yilning 14-15 fevral kunlari Toshkent shahrida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda Sanepidqo‘mitaning hududiy boshqarmalardagi OAV va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi hamda kommunal-gigiyena bo‘limi xodimlari ishtirok etdilar.

 Ikki kun bo‘lib o‘tgan nazariy dars va amaliy mashg‘ulotlarda seminarga taklif etilgan ushbu sohadagi xalqaro ekspert  Pol O`Sallivan o`z tajribalari bilan o`rtoqlashdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil ma'lumot oldilar.

Sanepidqo‘mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee