Qarorga
ko‘ra, 2024-yildan tadbirkorlardan talab qilinadigan, o‘zaro bir-birini
takrorlovchi va davlat organlarining boshqa organlardan olish imkoniyati mavjud
bo'lgan 8 turdagi hisobot va statistik ma’lumotlar bekor qilinadi.
Shuningdek,
tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot
va statistik ma'lumotlarning yagona ro‘yxati tasdiqlandi.
Qarorga
ko‘ra, hisobotlar faqat axborot tizimlari orqali taqdim etiladi.
2026-yil
1-yanvargacha “tadbirkorlik subyektining shaxsiy kabineti” orqali hisobotlarni
shakllantirish va davlat organlariga taqdim etishni nazarda tutuvchi yagona
hisobotlar tizimi joriy qilinadi.
Hisobotlarni
topshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
• 2026-yil 1-yanvardan barcha tadbirkorlar uchun
– ixtiyoriy;
• 2027-yil 1-yanvardan kichik va o‘rta
tadbirkorlik subyektlari uchun – majburiy;
• 2028-yil 1-yanvardan barcha tadbirkorlar uchun
– majburiy.
Manba:
PQ–8-son, 09.01.2024-y.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee