Yangiliklar

2023-08-04

TALABALAR VA BITIRUVCHILAR BILIMINI IKKI BOSQICHDA BAHOLASH VA ULARNING MALAKASINI TASDIQLASH MILLIY TIZIMI JORIY ETILADI

topics-img

Xabaringiz bor, mamlakatimizda keng ko‘lamli ma’muriy islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida sog‘liqni saqlash sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-197-son qarori bilan tibbiyot yo‘nalishidagi davlat oliy ta’lim muassasalari talabalarining bilimlarini ikki bosqichli baholash va ularning malakasini tasdiqlash milliy tizimini joriy etilishi belgilangan.

 Mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan Bo‘g‘oz tibbiyot universiteti (Gulf Medical University) rektori, JSST tibbiy ta’lim bo‘yicha maslaxatchisi, professor Xossam Xamdi (BAA), tibbiy ta’lim mutaxassislari jamiyati raisi Z.Balkizov (Rossiya), Sankt-Peterburgdagi I.I.Mechnikov nomidagi Shimoliy-Gʻarbiy Davlat Tibbiyot Universiteti o‘quv departamenti boshlig‘i Z.Lopatin (Rossiya) mamlakatimizga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida delegasiya a’zolari Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi rahbariyati bilan ham uchrashdi.

 Uchrashuv davomida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazida soha xodimlarini rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rgangan holda, qo‘shma dasturlar asosida o‘qitishni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Sanepidqo‘mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee