Bugun Sirdaryo viloyati Boyovut tumani Markaziy shifoxonasida Sog‘liqni
saqlash vazirligi va YUNISEFning 2022-2025 yillarga mo‘ljallangan qo‘shma
tadbirlar bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 2-son topshirig‘i, shuningdek Sanitariya-epidemiologik
osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi va GAVI (Vaksinalar va emlash
bo‘yicha global alyans) tashkiloti yordami bilan tibbiyot chiqindilarni
utilizatsiya qilish muassasasini foydalanishga topshirish marosimi bo‘lib
o‘tdi.
Tadbirda GAVI hamda YUNISEF tashkilotlarining O‘zbekiston Respublikasi
vakolatxonasi mutaxassislari, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat
salomatligi qo‘mitasi mas’ul xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari
hamda blogerlar ishtirok etdi.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee