Yangiliklar

2024-02-02

UMUMIY O‘RTA TA’LIM MUASSASALARI SANITARIYA-GIGIENA SHOXOBCHALARIGA QO`YILADIGAN GIGIYENIK TALABLAR

topics-img

O‘zbekiston Respublikasi umumta’lim maktablarining sharoiti va o‘qishni tashkil etilishiga oid sanitariya-epidemiologik talablari to‘g‘risida”gi sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlari  (SanQvaN)ga ko‘ra umumiy o‘rta ta’lim muassasalari sanitariya-gigiena shoxobchalari (hojatxonalar) qurilishida quyidagi talablarga rioya etilishi lozim:

 

- har bir qavatda qiz va o‘g‘il bolalar uchun xojatxona bo‘lishi lozim.

 

- 20 ta qizbola uchun 1 ta hojatxona,  30 ta qizbolaga 1 ta qo‘l yuvish rakovinasi bo‘lishi kerak.

 

- 40 ta o‘g‘ilbolaga 1 ta xojatxona, 1 ta pisuar, 1 ta qo‘l yuvish rakovinasi talab etiladi;

 

- xodimlar uchun 1 ta hojatxona va 1 ta qo‘l yuvish rakovinasi bo‘lishi kerak.

 

- hovlida tashkil etilgan hojatxonalar o‘quv binosidan 20 m dan uzoq bo‘lmagan masofada joylashgan

bo‘lishi, - eshik va deraza-oynalarga ega bo‘lishi hamda alohida kabinka yoki to‘siqlar bo‘lishi kerak.

 

- Umumta’lim maktabining imkoniyatidan kelib chiqib, 25 ta qizbolaga bitta o‘rin soni, 50 ta o‘g‘ilbolaga bitta o‘rin va pissuar ajratish tavsiya etiladi.

 

- Shuningdek o‘qituvchilar uchun alohida hojatxona tashkil etiladi. Hojatxona teshiklari kichik o‘lchamli, oyoq tayanchlari bo‘lishi kerak.

 

- Pol qismi esa sirpanmaydigan, bitonli bo‘lishi lozim.

 

 Binoda markazlashgan ichimlik suvi bo‘lmasa, mahalliy quduqlar (himoyalangan, qazilgan) tashkil etilishiga ruxsat beriladi va suv UzDSt 950:2011 “Ichimlik suvi” standarti talablariga javob berishi lozim.

 

Qo‘l yuvish uchun ehtiyojdan kelib chiqib, jihozlar qo‘yish tavsiya etiladi.

 

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee