Shu kunlarda respublikamizdagi umumta’lim maktablarida yangi 2023-2024 o‘quv yiliga olib borilgan tayyorgarlik ishlari yakuniga yetgan. Ta’lim muassasalaridagi yaratilan sharoitlar talabga javob beradimi?
Toshkent viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi va Chirchiq shahar bo‘limi xodimlari tomonidan umumta’lim maktablarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash hamda tayyorlash sharoitlarini o‘rganish tadbirlari olib borildi.
O‘tkazilgan tadbirlar davomida:
🔹maktab oshxonalari;
🔹maktablar qoshida tashkil etilgan o‘quv to‘garaklari;
🔹 o‘quv sinf xonalarining sanitariya holatlari o‘rganildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Sanepidqo‘mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee